UNDP va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi ommaviy axborot vositalari orqali barqaror rivojlanishni ilgari surish yo‘lida hamkorlik qiladi
6-July, 2026
Toshkent, 2026-yil 3-iyul — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishonchli va yechimlarga yo‘naltirilgan jurnalistikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Imzolash marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi Odiljon Tojiyev ushbu Memorandum O‘zbekiston media hamjamiyati va xalqaro rivojlanish hamkorlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini ta’kidladi.
“Ishonchlijurnalistika va so‘z erkinligi barqaror rivojlanishningasosiy ustunlaridan biridir. UNDP bilan ushbu hamkorlik orqali biz ommaviy axborot vositalarining professionalsalohiyatini mustahkamlash, jurnalistikaning etik standartlarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda barqaror va ishonchli axborot muhitini shakllantirishgahissa qo‘shishnimaqsad qilganmiz”, — dedi u.
Panel sessiyalaridan birida nutq so‘zlagan UNDPning O‘zbekistondagi Doimiy vakilasi Akiko Fujii erkin va mustaqil matbuot demokratik jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanini, u odamlarga ishonchli axborotdanfoydalanish, jamoat hayotida ishtirok etish hamda institutlarninghisobdorligini ta’minlash imkonini berishini ta’kidladi. Shuningdek, u sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar davrida axborot yaxlitligini himoya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini, shu bilan birga OAVdagi obrazlarning xilma-xilligi va inklyuzivligini ta’minlash hamda media sohasida xotin-qizlar va yoshlarning ishtirokini kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Fujii xonim, shuningdek, UNDPning O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari bilan rivojlanish yo‘nalishidagi ko‘p yillik hamkorligini — media kontentining gender nuqtai nazaridan tahlil qilinishidan boshlab biologik xilma-xillik, energiya samaradorligi va boshqaruv masalalarini yoritishni qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan ishlarni, jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi ko‘magida yaqinda o‘tkazilgan surishtiruv jurnalistikasi holatini baholashni alohida ta’kidladi.
Memorandum O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan “27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni”ga bag‘ishlangan an’anaviy “Media haftalik” doirasida tashkil etilgan “So‘z erkinligi va ishonchli media” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi doirasida imzolandi.
Tomonlar ushbu hamkorlik O‘zbekistonda professional jurnalistikani mustahkamlash, ishonchliligini ta'minlash va barqaror rivojlanishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.