"Sog'lom millat - barqaror kelajak" - shiori ostida harakatlanuvchi Orolbo'yi mintaqasining 600 nafar ko'ngillilari uchun tadbir tashkil qilindi
28-December, 2022
2022-yil 26-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida BMT ning Xalqaro koʻngillilar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Koʻngillilar Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi BMTni rivojlantirish dasturi loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. BMTTD, UNFPA va FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” dasturi Orolboʻyi mintaqasida koʻngillilik faoliyatini rivojlantirishga xususan, sogʻliqni saqlash xavfsizligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshib kelmoqda.
Tadbirda 2018 yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasining 11 tumanida faoliyat olib borayotgan 600 kishidan iborat koʻngillilar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirning maqsadi sogʻliqni saqlash sohasidagi koʻngillilarning motivatsiyasini oshirish, eng chekka va borish qiyin boʻlgan hududlarda aholi oʻrtasidagi oʻpka, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak kasalliklarini oldini olish, ona va bola salomatligini mustahkamlash masalalarida eng koʻp profilaktika ishlarini olib borgan va faol boʻlganlarni ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Tadbir boshida BMTTDning doimiy vakili Matilda Dimovskaning tabrik-videosi namoyish etilib, ular oʻz navbatida Orolboʻyidagi mahalliy aholiga xayriya va tibbiy yordam koʻrsatishda faol ishtirok etayotgan koʻngillilarga minnatdorchilik bildirdilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining onalik va bolalikni muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari Asqarov Akmal Alisherovich va Sog'liqni saqlash vazirligining bosh hamshirasi, Qozog'iston Respublikasi hamshiralar uyushmasi raisi Roza Mishenova nutq soʻzlab tadbirni ochib berishdi. Ular oʻz nutqlarida BMTTD missiyasining ahamiyati va sogʻliqni saqlash sohasida koʻngillilar oʻz faoliyatini tinimsiz amalga oshirib, hayotga chidamlilik va aholi salomatligini mustahkamlashda ularning ahamiyatlarini taʼkidlab oʻtdilar.
Tadbir davomida eng faol koʻngillilarni hisoblash yakunlari boʻyicha hamda aholi oʻrtasida amalga oshirilgan profilaktika ishlari soni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining 11 tumanidan 22 nafar gʻolib ishtirokchi tanlab olindi va ularga yanada samarali ishlashlari uchun elektron qurilma koʻrinishidagi ragʻbatlantiruvchi sovrinlar topshirildi.
Taʼkidlash joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-2021 yillardagi statistik natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻpka kasalliklari tarqalish darajasi tendensiyasining 1434 dan 1212 gacha (100 ming aholiga) sezilarli darajada pasayganligini koʻrsatmoqda. Bunda, shubhasiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturining muhim rolini va Orolboʻyi koʻngillilarining ulkan mehnatini taʼkidlash kerak.
Orol dengizining zaif hududlarida kasalliklarning oldini olish va oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish uchun 2020-2022 yillar davomida koʻngillilar bemorlarga tibbiy maslahat berish maqsadida 133,164 ta axborot sessiyasini oʻtkazdilar, shundan 78,394 tasi oʻpka, oshqozon-ichak, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha boʻlib, 54,770 ta infosessiya esa Covid-19 ning oldini olish boʻyicha boʻlib oʻtdi. Profilaktik chora-tadbirlar bilan uy xoʻjaliklarining qamrovi 61,837 ta aholini tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, BMTTD qoʻshma dasturi doirasida “Qoraqalpogʻiston koʻngillilari” hamjamiyati tashkil qilingan boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining 11 tumani aholisiga tibbiy maslahat xizmatini koʻrsatishga qaratilgan “Telegram” ilovasida guruh tashkil qilingan. Ushbu guruhda koʻngillilar deyarli har kuni maʼlumot, tajriba almashadilar va hamkasblar bilan uchrashuvlar natijalarini boʻlishadilar.