Orol dengizi bo'yicha qo'shma dastur innovatsiyalar, sog'liqni saqlash va yoshlar bilan ishlash sohasidagi yutuqlar haqida hisobot berdi

BMTTD, UNFPA va FAO Qo'shma dastur natijalarini yakuniy kengash yig’ilishida sarhisob qilmoqda

23-June, 2023

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bugun BMTTD, YuNFPA va FAOning "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" Qo’shma dastur yakuniy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu dastur O'zbekistondagi Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p sherikli trast fondi tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, ushbu tashabbus mintaqaning eng asosiy muammosini hal qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi.

BMTTD ning O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o'zining kirish nutqida Qo'shma dastur Orolbo'yi mintaqasining mahalliy aholisini rivojlanishida, inson xavfsizligini ta’minlashda sezilarli natijalarni ko’rsatdi, deya ta'kidladi. Bundan tashqari, ular 

"Qoraqalpog'istonga so'nggi safarimda odamlarning atrof-muhitga g'amxo'rlik qilishini ko'rish juda ajoyib bo'ldi, shu bilan birga mintaqadagi fermerlar biologik xilma-xillikni saqlashga juda intilishayotganini ", deb ta'kidladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2021 yildan beri amal qilinib kelayotgan Qo'shma dastur uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltirilgan edi. Birinchidan, u ishsiz, malakasiz yoshlar, ayollar va qaytib kelgan migrantlar orasida asosiy tadbirkorlik ko'nikmalarini kuchaytirish va rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, ularning zaifligini ko’rsatkichini kamaytirish. Ikkinchidan, dastur innovatsion dehqonchilik amaliyotlari va yangi tashabbuslarni sinab ko'rish orqali qishloq jamoalarida daromad olish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan edi. Uchinchidan esa u raqamlashtirish, ijtimoiy infratuzilmaga kirishni yaxshilash va yoshlar, o'smirlar va ayollarni jalb qilish orqali intellektual jamoalarni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu maqsadlarga alohida e'tibor qaratgan holda, Qo'shma dastur ajoyib natijalarga erishdi:

  • 16,000 dan ortiq qishloq aholisi ichimlik suvi, elektr energiyasi, sog'liqni saqlash muassasalari va ta'lim xizmatlarini o'z ichiga olgan asosiy infratuzilmadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

  • Raqamlashtirish orqali yaratilgan intellektual jamoalar 101,500 kishiga foyda keltirdi.

  • 816 kishi (552 ayol) qishloq xo'jaligi sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirdi.

  • "Temir daftar"da ko'rsatilgan 73 ta zaif uy xo'jaliklari ish bilan ta’minlandi.

  • "Buried Diffuser" texnologiyasining joriy etilishi, hosildorlikni 41%ga oshirish va suvni 20%ga tejash qobiliyatini namoyish etdi.

  • Jami 543 ming saksovul 378,2 gektar maydonga ekildi.

  • Hozirgi vaqtda Orolbo'yi mintaqasining qishloq joylarida 14,388 dan ortiq odamlar uchun toza ichimlik suvi mavjud.

  • "Yoshlar daftarchasi" dan 80 nafar yoshlar payvandlash va chilangar mahoratiga ega bo'lib, malakaga ega bo'lishdi.

  • 72 nafar ishtirokchi ekologiya, axborot texnologiyalari, ijtimoiy masalalar, turizm, qishloq xo'jaligi va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq startap tashabbuslari bo'yicha ta'lim oldi. Ular orasida 17 ta startap loyihasi ko'rib chiqildi va 6 ta loyiha uchun kerakli uskunalar taqdim etildi.

  • Dasturning 3 ta maqsadli yo'nalishi bo'yicha kasb-hunar ta'limi markazlari tashkil etildi, unda 1,120 nafar yoshlar ta'lim va ish bilan ta'minlandi.

Qo'shma dastur BMTTD tomonidan UNFPA va FAO bilan hamkorlikda, Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p sherikli trast fondi moliyaviy ko'magida amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va kommunal xo'jaligi vazirligi, Mo'ynoq, Qo'ng'irot va Bo'zatov tumanlari hokimliklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi fermerlar, dehqon xo'jaliklari va tomorqa uchastkalari egalari Kengashini qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirildi, ularning vakillari muvofiqlashtiruvchi kengashning yakuniy yig‘ilishida ham ishtirok etishdi.