Raqamli tadbirkorlik bo‘yicha mintaqaviy konferensiya – Farg’ona vodiysidagi chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun yangi platforma

BMT Taraqqiyot dasturining Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalari doirasida 2023-yil 9-12-oktyabr kunlari Farg’ona shahrida O‘zbekiston IT-Park bilan birgalikda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya tashkil etildi va unda Farg’ona vodiysining qo‘shni viloyatlaridan Qirg’iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirok etdi.

10-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanib borayotgani tufayli raqamli tadbirkorlik katta ahamiyatiga kasb eta boshladi. Raqamli iqtisodiyot samaradorlik, daromad va ijtimoiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega. Bu yangi bozorlarda bandlik imkoniyatlarini yaratadi va ayrim mavjud kasblarda bandlikni oshiradi.

Davra ushbu va boshqa yoʻnalishdagi hamkorlikka oid mavzularni muhokama qilish uchun Farg’ona vodiysidagi uchta qoʻshni davlatdan 80 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan raqamli texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar, biznes vakillari, startaplar, investorlar, tegishli vazirliklar va idoralar hamda BMTTDning shu mamlakatlardagi vakolatxonalari vakillarini toʻpladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Tadbirning asosiy maqsadi Farg’ona vodiysidagi AT tadbirkorlari hamda xususiy sektor bilan davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, raqamli tadbirkorlik vakillari bilanbirgalikda mintaqada raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati, rivojlanish muammolari va mavjud hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va yangi hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat edi.

Anjumanda muhokama qilingan asosiy mavzular quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

  • Farg‘ona vodiysida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish holati;

  • Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat, tijorat va notijorat tashkilotlarining oʻrni va vazifalari;

  • Axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi ta’lim;

  • Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishdagi hamkorlik.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Shuningdek, mintaqada raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy tashkilotlarning ishtirokini oshirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari orasida alohida muhokamalar o‘tkazildi. Hamda, Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markaziga tanishuv safari tashkil etildi.

Konferensiya davomida Farg’ona vodiysida IT-biznesmenlar tarmog’ini yaratish tashabbusi va “Raqamli Farg’ona Vodiysi” konsepsiyasini ilgari surish ham muhokama qilindi. Ushbu tarmoq raqamli biznes, davlat, tijorat va notijorat tashkilotlarni ushbu sohada birlashtirib, Farg’ona vodiysida hamkorlik ruhini uyg’otadigan faoliyatni yoʻlga qoʻyishi kutilmoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining Inklyuziv rivojlanish klasteri rahbari vazifasini bajaruvchi Ravshan Yunusov tomonidan ta’kidlanganidek: “Ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli tadbirkorlik iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotning turli sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsiyalarning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda".

Ushbu tashabbus BMTTDning Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Farg’ona vodiysida pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga aholining koʻnikmalarini moslashtirish” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish” qoʻshma loyihalari doirasida amalga oshirilmoqda.