Qonunchilik organlarida genderga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish

7-October, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMT Taraqqiyot dasturi hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 4-oktabr kuni “Qonunchilik organlari faoliyatida gender yondashuvi” mavzusidagi 3 kunlik trening o’tkazildi.

Ushbu treningdan koʻzlangan maqsad gender va gender tamoyillari asoslari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, qatnashchilarni qonun hujjatlari qoidalarini gender tahlili koʻnikmalari bilan bilimlarini yanada rivojlantirish, gender tengligini taʼminlashda parlamentning rolini har tomonlama oshirishdan iborat.

Gender meynstriming nima?

Bu erkaklar va ayollarning jamiyatdagi turli ijtimoiy va madaniy roli tufayli ularning manfaatlari, ehtiyojlari va turmush sharoitlarini hisobga olish strategiyasidir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Gender tamoyilini joriy etishning asosiy maqsadi ayollar va erkaklarning teng foyda olishlari uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi siyosat va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash jarayonida ayollar va erkaklar uchun taʼsir koʻrsatishni hisobga olishdir. Boshqacha qilib aytganda, bu barcha sohalarda va barcha darajadagi qonunchilik, siyosat yoki dasturlarni oʻz ichiga olgan har qanday rejalashtirilgan harakatning ayollar va erkaklar uchun oqibatlarini baholash jarayonidir.

Nima uchun bu muhim?

Qonun chiqaruvchi organlar jamiyatda inson huquqlarining tengligini, ijtimoiy adolat va tenglikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Mavjud kuch tufayli ushbu institut jamiyatni fundamental darajada va ijtimoiy tuzilmalarning barcha qatlamlarida oʻzgartira oladigan qonunlarni qabul qilishi mumkin. Qonun ijodkorligi orqali ayollarning mavqeyini yaxshilash, jamiyatdagi nomutanosiblik va tengsizliklarni tuzatish mumkin.

Birinchi kuni:

Yigʻilish qatnashchilari gender tengligi asoslari, xalqaro huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik oʻrtasidagi munosabatlar, gender tengligini taʼminlashda qonun chiqaruvchi organlarning roli bilan tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasida qaysi xalqaro holatlar tatbiq etilayotgani va qaysilaridan kelajakda foydalanish mumkinligini batafsil ko‘rib chiqish maqsadida qonun chiqaruvchi organlar faoliyatida gender tamoyillarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba va vositalar bilan batafsil tanishadilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ikkinchi kuni:

Gender tengligini taʼminlashda qonun chiqaruvchilarning roli, qonun chiqaruvchi organlar faoliyatida gender mezonlarini qoʻllash va xalqaro tajribalarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, milliy gender siyosatining mohiyati, strategik va operativ rejalashtirish oʻrtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritildi. Ishtirokchilar gender sohasidagi strategik maqsadlarni aniq harakatlar va chora-tadbirlarga ajratish koʻnikmalariga ega boʻldilar.

Uchinchi kun:

Gender tengligini ragʻbatlantirish vositasi sifatidagi milliy gender strategiyasi, gender statistikasi va ularning davlat siyosatini shakllantirishda asoslangan qarorlar qabul qilishdagi ahamiyatini koʻrib chiqishga bagʻishlandi.

Tashmuxammedova Diloram Gafurdjanovna, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari treningning so'nggi kunidagi oʻz fikr-mulohazalarini qayd etdi: “Ushbu trening juda foydali boʻldi, chunki biz aniq misollar yordamida O‘zbekistonda gender tenglik siyosati sohasidagi gender tahlili jarayonini, shuningdek nazariyani amaliy misollar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Kundalik ishimizda qoʻllaydigan qimmatli koʻnikma va bilimlarga ega boʻldik.”

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ushbu trening “Gender tengligi loyihasi” doirasida oʻtkazilib, uning maqsadi gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli oʻzgarishlarni ilgari surish va shu orqali Oʻzbekiston Respublikasida Gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.