Qishloq ayollari iqlim o’zgarishi sharoitida qoramollarni parvarish qilishning innovatsion yechimlarini o‘rganmoqda

15-August, 2023

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Kuni kecha Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida “Qoramollarda kasalliklarning oldini olish, sigirlarni parvarish qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitida resurs tejovchi texnologiyalar va zooveterinariya qoidalariga asoslangan kompost tayyorlash” masalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o’tkazildi. 

Seminar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida tashkil etilgan  “Chorvachilik sektorini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish” Innovatsion guruhi tomonidan tashkil etildi.   

Photo: UNDP Uzbekistan

Malakali zootexnik va vetirinarlar ishtirokidagi seminar davomida Ohangaron tumanida tanlab olingan 5 ta xonadonlarga tashrif buyurilib, ishtirokchilarga uy xo‘jaligidagi qoramollarni saqlash, parvarishlash va ulardan sifatli sut mahsulotini olish, uy ho‘jaligidagi qoramollarni zamonaviy texnologiyalarga, keskin iqlim sharoitida mos ravishda parvarishlash, ratsional oziqlantirish, qoramollarda kasalliklarni oldini olish kabi masalalarda ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminarda suv tanqisligi sharoitida qoramollarning ozuqa bazasini mustaxkamlash, istiqbolli va serhosil ozuqabop ekin turlari va ularni yetishtirish agrotexnologiyalari, qoramollarda kasallikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, qoramolchilikni iqlim o‘zgarishiga ta’sirini yumshatish, chiqindilardan samarali foydalanish omillari hamda innovatsion usulda kompost tayyorlash texnologiyasiga oid ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan zarur maslahatlar berildi.

Seminarning keying bosqichida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan EU-AGRIN loyihasi doirasida ishtirokchilarning sutni tahlil qilish, qayta ishlash va saqlashga mo’lajjallangan asbob-uskunalardan foydalanish bo’yicha malakasini oshirishga qaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.