O‘zbekiston BMTTD ko‘magida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi amaliyotchilarining xalqaro hamjamiyatiga qo‘shildi

20-June, 2025
A large group of people standing together in a conference hall, smiling for a photo.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

O‘zbekiston Efiopiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish sohasidagi amaliyotchilar hamjamiyatining birinchi yig‘ilishida ishtirok yetdi.

Amaliyotchilar hamjamiyati - bu qishloq xo‘jaligining moliyaviy barqarorligi tashabbusi doirasidagi o‘zaro ta’lim platformasi bo‘lib, u BMTTD tomonidan risklarni sug‘urtalash va moliyalashtirish mexanizmini amalga oshirish bo‘yicha ishlar doirasida olib boriladi. Platforma sug‘urta bozorlarini uzoq muddatli o‘zgartirishga sarmoya kiritishda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari va jamoalarga qaratilgan innovatsion sug‘urta mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

A group of diverse individuals poses outdoors with a city skyline and flag in the background.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Amaliyotchilar hamjamiyati yig‘ilishida va qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishdan asosiy maqsad ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bozorini barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkoniyatidir.

Uchrashuv 2025 yilning 11-13 iyun kunlari Efiopiyada Hindiston, Xitoy, Efiopiya, Ekvador, Iordaniya, Vetnam, Senegal, Tanzaniya, Keniya, Burkina-Faso kabi turli mamlakatlar hukumatlari va qishloq xo‘jaligi sug‘urta bozori regulyatorlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Conference setting with speakers at a podium and large screens displaying information.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, xalqaro konferensiya doirasida BMTTD O‘zbekiston va qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTTDning "Qishloq xo‘jaligining moliyaviy barqarorligi" dastur faoliyatini o‘rganib chiqdi va O‘zbekistonning ushbu dasturga BMTTD “Risklarni sug‘urtalash va moliyalashtirish mexanizmini joriy etish" loyihasining global vakillari bilan qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qildi, shuningdek, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashni boshlash bo‘yicha O‘zbekistonning so‘nggi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, tashrif davomida BMTTD va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Xitoy, Hindiston, Efiopiya va boshqa mamlakatlarning yuqori martabali rasmiylari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib, qishloq xo‘jaligini sanoatni rivojlantirishda sug‘urtalashni rivojlantirish bo‘yicha turli tajribalarni o‘rganishdi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda amaliyotchilar hamjamiyatining ishtiroki O‘zbekiston va ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozorini yanada barqaror rivojlantirishda samarali muloqot, tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning boshlanishi bo‘ldi.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Ilxom Jo‘rayev, O’zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi klasterlar va agrobiznes aloqalari bo‘limi boshlig‘i:

Uchrashuv davomida biz turli mamlakatlar bilan qishloq xo‘jaligi sug‘urta bozorini rivojlantirish va sug‘urta bozorini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashishga, shuningdek, jahon sug‘urta bozori vakillari bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldik. Milliy qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozorini yanada rivojlantirishda samarali hamkorlik qilishni va iqlim o‘zgarishi xavfini birgalikda hal qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTDning "O‘zbekistonda sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish" global loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish amaliyotchilari hamjamiyatining yig‘ilishida ishtirok yetish qo‘llab-quvvatlandi, uning asosiy vazifasi sug‘urta bozorini rivojlantirishda ishtirok etuvchi davlatlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. O‘zbekiston, shu jumladan sug‘urta polisini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga kiritish, suveren xavflarni, tabiiy ofatlar xavfini inklyuziv sug‘urta moliyalashtirishni rivojlantirish, sug‘urta sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar.