Hakatonlarni tashkil etish, biznes inkubatorlar va startap akseleratorlarini ishga tushirish va boshqarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi

9-November, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Birgalikda akseleratorlar, biznes-inkubatorlar va hakatonlar innovatsiyalar, tadbirkorlikni rag’batlantirish hamda mamlakatda yangi kompaniyalar va startaplarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga ko‘maklashish orqali raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim o‘ringa ega. Raqamli iqtisodiyot inklyuzivlikni yaratish va kambag’alchiliknikamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin, masalan, kambag’al yoki qishloq ishchilari uchun axborot bo‘shlig'ini kamaytirish va ayollar va yoshlarni samarali mehnatga jalb qilish imkonini beradi.

2023-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida hakatonlarni tashkil etish hamda biznes-inkubatorlar va startap akseleratorlarini ishga tushirish va boshqarish bo‘yicha yangi o‘quv qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari, shuningdek, “Phystech.Genesis”, “Future Laboratory” va “LogaGroup” xorijiy kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Ushbu qo’llanmalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Raqamlashtirish orqali yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qoʻshma loyihasi doirasida ishlab chiqildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Biznes-inkubatsiya va startaplarni yo‘lga qo‘yish sohasidagi yetakchi mutaxassislar uslubiy qo‘llanmalarnitaqdim etdilar, o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, o‘z dasturlari samaradorligini oshirish va startap loyihalari muvaffaqiyatini maksimal darajada oshirishga yordam bergan so‘nggi tendensiyalar va ilg‘or tajribalarni batafsil bayon qildilar. Taqdimotda hakatonlarni o‘tkazish, inkubatorlar va akseleratorlarni yaratish va rivojlantirishning asosiy bosqichlari tavsifi berildi, shuningdek, investorlarni jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash strategiyalari muhokama qilindi.

Ushbu tadbirning davomi sifatida 2023-yilning 10-12-noyabr kunlari “Phystech.Genesis” asoschisi Evgeniy Anikin moderator sifatida hamda Twitter kabi taniqli kompaniyalarning bir qator mutaxassislari mentor sifatida ishtirokida “TechGenius” (www.techgenius.uz) namunali hakatoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hakatonda ishtirokchi sifatida yosh dasturchilar, dizaynerlar va universitet talabalari, va mehmon sifatida sanoat birlashmalari, banklar va yirik kompaniyalarning innovatsion faoliyati uchun mas’ul mutaxassislar qatnashishi kutilmoqda.