Finlyandiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash uchun BMTTDga 1,5 million yevro ajratadi

9-September, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yil 9 sentyabr, Toshkent. Bugun Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi maxsus topshiriqlar bo'yicha muxtaram elchisi  Janob Ilkka Raysanen va BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim BMTTD va O'zbekiston hukumatining qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

O'zbekistonni qonun ustuvorligi va samarali boshqaruvning barqarorligini ta'minlashda qo'llab-quvvatlash BMTTD uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, chunki bu BRM va 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun strategik shartdir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Endilikda, “Yangi O‘zbekiston” transformatsiyasining dastlabki bosqichida mamlakatimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj  va zaif qatlamlari huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish vaqti keldi. Ularning ko'pincha turli sabablarga ko'ra huquqlarini amalga oshirishda to‘siqlarga duch kelishlarinig sabablari huquqiy madaniyatning pastligi, hududlarning uzoqligi, yuridik xizmatlarning yuqori narxi va boshqalar bo’lishi mumkin.

Matilda Dimovska imzolash marosimida ta’kidlaganidek: “BMTTDda biz O‘zbekiston hukumatining qonun ustuvorligini, shuningdek, samarali va inklyuziv boshqaruvni yanada mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qat’iy qaror qildik, chunki bu har qanday taraqqiyotning asosidir”.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTDning O'zbekistondagi 29 yillik faoliyati davomida 10 dan ortiq loyihalar orqali mamlakatda qonun ustuvorligini ilgari surishga doimo ustuvor ahamiyat berilgan. Milliy hamkorlarning e'tirofiga ko'ra, ushbu loyihalar, shubhasiz, O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirishda muhim rol o'ynadi. Masalan, “World Justice Project” xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan tuzilgan qonun ustuvorligi indeksida O'zbekiston besh yil ichida 93-o'rindan 85-o'ringa ko'tarilib 2021-yilda qonun ustuvorligini eng sezilarli darajada yaxshilagan mamlakat sifatida tan olindi.

Imzolash marosimida muxtaram janob Ilkka Raisanen quyidagini ta’kidladi: “Biz uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab barqaror rivojlanishga erishish yo’lida mintaqalarga alohida e’tibor qaratgan holda BMTTD bilan turli yo‘nalishlarda hamkorligimiz ko‘lami va miqyosini kengaytirish muhimdir”.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Finlyandiya hukumatining yordami aholining eng zaif qatlamlariga alohida e'tibor qaratgan holda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratiladi. Milliy hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqiladigan yangi loyiha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari, advokatlar assotsiatsiyasi, yuridik akademik hamjamiyat va boshqa manfaatdor tomonlarning keng va faol ishtirokida uch yil muddatda quyidagi uchta asosiy ustuvor yo’nalishga e'tibor qaratgan holda amalga oshiriladi:

  • Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazlarini qo‘llab-quvvatlash hamda “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni joriy etish orqali birlamchi va ikkinchi darajali bepul yuridik yordam ko‘rsatishni kengaytirish orqali aholining eng ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • Ombudsman markaziy apparati va hududiy vakillarining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquqlarini ilgari surish, ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha salohiyatini rivojlantirish;
  • Fuqarolik jamiyatining odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini va inson huquqlarini hurmat qilish madaniyatini ilgari surish uchun salohiyatini kuchaytirish.