Coca-Cola jamg'armasi va BMTTD Xorazm viloyati Urganch tumani “Hilol” mahallasini ichimlik suvi bilan ta'minlashda yordam beradi

5-August, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022-yil 3-4-avgust kunlari BMTTD, UNFPA va FAOning “Yoshlar va aholining ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarida iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilishda ularning moslashuvchan salohiyatini kuchaytirish orqali rag‘batlantirish” qo‘shma dasturi doirasida “Orolboʻyi mintaqasi” loyihasi doirasida BMTTDning Coca-Cola jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Qishloq joylarda toza ichimlik suvi bilan taʼminlash orqali Orolboʻyida sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash” loyihasini ishga tushirish boʻyicha qoʻshma tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur loyihaning rasmiy ochilishi Urganch tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Coca-Cola” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Xorazm viloyati Urganch tumani hokimligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati hududiy “Suv ta’minoti tarmoqlari” boshqarmasi va hududiy filiali vakillari, Xorazm viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari qurish injiniring kompaniyasi unitar korxonasi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘linmasi, shuningdek, Xorazm viloyati Urganch tumani “Hilol” mahalla fuqarolar yig‘ini(MFY) yashovchilari ishtirok etdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Urganch viloyati hokimi Sharipov Frunze Ilhomovich, BMT Qo‘shma dasturi rahbari Alisher Utemisov, hamda Coca-Cola(O‘zbekiston)  kompaniyasining hukumat bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha menejeri Nazi Aripdjanova qutlov so‘zi bilan chiqdilar.

Uchrashuvda ishtirokchilarga toza ichimlik suvidan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha loyihaning maqsad va vazifalari, BMTning global va milliy barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) haqida ma’lumotlar berildi hamda tomonlar loyiha doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Tadbirning ikkinchi kuni doirasida “Hilol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi ishtirokida vaziyat o‘rganilib, mahalla fuqarolar yig‘inining ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan masalalar muhokama qilinib, ustuvor vazifa belgilab olindi. So‘ngra ishtirokchilarga “Qishloq rivojlanish rejasi” taqdim etildi, uning asosida loyiha tomonidan mahallaga suv ta’minotini o‘tkazish uchun mablag‘ ajratiladi.

Birgalikdagi tadbirlar natijasida loyiha maqsadli qishloqda turmush darajasini yaxshilashga, xususan, loyiha benefitsiarlarining salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Loyiha toza ichimlik suvi manbasini yaratishi tufayli suv orqali yuqadigan qator kasalliklarni kamaytiradi, shu orqali aholining sanitariya va gigiyena sharoitlarini yaxshilaydi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekistonda Coca-Cola jamg‘armasi o‘n ikki yildan ortiq vaqtdan beri barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda BMTTD bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida “Coca-Cola” jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida BMTTD tomonidan qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Grantlar O‘zbekistonning chekka hududlaridagi suv tanqisligi muammolarini hal qilish, ayollarning moddiy ahvolini yaxshilash, COVID-19ga qarshi insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston