Birlamchi yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun BMT Taraqqiyot Dasturining Kichik grantlar dasturi 2026

19-March, 2026

Kichik grantlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi tomonidan tashkil etilgan va Finlyandiya TIV tomonidan moliyalashtiriladigan Dasturdir.

Dasturning maqsadi:

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini (shu jumladan, ayollar, yoshlar va nogironlar) va chekka hududlarda va qishloqlarda yashovchi aholi uchun birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish va bunga ixtisoslashgan fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash. 

Mazkur Dastur O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash, xotin-qizlarning hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Moliyalashtirish:

Tanlovning umumiy byudjeti 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bitta loyiha bo‘yicha so‘ralgan maksimal miqdor BMT Taraqqiyot Dasturi kursi bo‘yicha mahalliy valyutada 20 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.

Dasturning tematik yo‘nalishlari:

  • (a) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (shu jumladan ayollar, nogironlar va yoshlarga) va chekka hududlarda yashovchi aholiga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish;
  • (b) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (shu jumladan ayollar, nogironlar va yoshlarga) va chekka hududlarda yashovchi aholi uchun huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • (d) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (shu jumladan ayollar, nogironlar va yoshlarga) va chekka hududlarda yashovchi aholi uchun dolzarb huquqiy mavzularga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘g‘risidagi axborotni keng tarqatishga qaratilgan yuridik materiallarni tayyorlash, chop etish va tarqatish.

Kichik grantlar dasturida quyidagi talablarga javob beradigan nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin: 

  • Kichik grantlar dasturi ochiq e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar;
  • Arizada belgilangan yuridik xizmatlarni ko'rsatishga ixtisoslashgan;
  • taqdim etilgan loyiha talabnomasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tashkiliy-texnik tuzilma va salohiyatga ega.

Qiziqish bildirgan NNTlar arizalarini bu yerda keltirilgan shablonlardan foydalangan holda (o‘zbek yoki rus tillarida) nozima.shamsieva@undp.org elektron manziliga 2026-yil 15-apreldan kechiktirmay yuborishlari kerak.