O‘zbekiston aholisi favqulodda vaziyatlar haqida masjidlar orqali ogohlantiriladi

24-March, 2026
White neoclassical building topped by a dark ribbed dome with a gold finial under a blue sky.

Photo: UNDP Uzbekistan

BMT Taraqqiyot Dasturi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarda aholini erta ogohlantirish tizimi qamrovini kengaytirishga qaratilgan innovatsion texnik yechimni joriy etdi.

Ushbu tashabbus doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa FVVning tezkor xabarlarini masjidlarning tashqi ovoz kuchaytirgichlari orqali uzatish hamda axborotni keng jamoatchilikka tezkor yetkazish imkonini beradi. Bugungi kunga qadar uskunalar Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi 272 ta masjidda o‘rnatildi.

Masjidlarning tanlanishi bejiz emasular ananaviy ravishda mahalliy aholi orasida katta tasirga ega bolgan nufuzli ijtimoiy institutlar sifatida qaraladiBundan tashqari, masjidlar deyarli barcha aholi punktlarida joylashgan bo‘lib, 500 metrdan 2000 metrgacha eshitilish radiusini ta’minlaydigan yuqori quvvatli tashqi ovoz kuchaytirgichlar bilan jihozlangan. Loyiha hisob-kitoblariga ko‘ra, masjidlar orqali ogohlantirish taxminan 6,5 million nafar aholini, jumladan ayollar, erkaklar, bolalar va aholining zaif qatlamlarini qamrab olish imkonini beradi.

Mazkur ogohlantirish kanalining qo‘shimcha afzalligi shundaki, mobil aloqa va elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda ham tezkor xabarlarni uzatish mumkin.

Iqlim ozgarishi sharoitida va tabiiy ofatlar xavfi ortib borayotgan bir paytda aholini erta ogohlantirish inson hayotini saqlab qolish va moddiy zararlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadiBugungi kunga qadar BMTTD ko‘magida hamda Yashil iqlim       jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida ushbu uskunalardan tashqari, aholini ogohlantirish maqsadida asosiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab, odamlar gavjum joylarda 28 ta tashqi keng formatli ekran o‘rnatildi.

***

BMTTD, FVV va O‘zgidromet xizmatining “O‘zbekiston aholisining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” nomli qo‘shma loyihasi Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha faoliyati O‘zbekistonning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan tog‘li hududlaridagi suv toshqinlari, sellar, ko‘chkilar, qor ko‘chkilari va gidrologik qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlarga urg‘u bergan holda mamlakatdagi erta ogohlantirish tizimini modernizatsiya qilish va qayta shakllantirishga qaratilgan.