V Toshkent Aksilkorrupsiya Forumi: Muhokamalardan amaliy o‘zgarishlarga

23-October, 2025
Group photo on stage at a youth forum conference; banner with blue logo behind.

Surat: BMTTD O'zbekiston

2024-yil 23-oktyabr kuni O‘zbekistonda V Toshkent Aksilkorrupsiya Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 250 dan ortiq hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishda muloqot va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. “Muhokamalardan amaliy o‘zgarishlarga” mavzusi ostida o‘tgan ushbu forum O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi tashabbuslarni real natijalarga aylantirish borasidagi qat’iy intilishini aks ettiradi.

Forum Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan, Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamda AQSh Davlat departamenti kabi xalqaro hamkorlarning ko‘magida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi halollik va shaffoflikni mustahkamlovchi innovatsion vositalar, siyosatlar va hamkorlik mexanizmlarini ilgari surishdir.

Plenar sessiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov kirish so‘zi bilan chiqib, O‘zbekistonning islohotlarga sadoqati va halollik tamoyillariga asoslangan siyosatini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, GIZ, UNDP, OECD, YXHT va AQSh vakillari O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi sohada erishilgan yutuqlarni e’tirof etib, davlat xaridlari, manfaatlar to‘qnashuvi, daromadlar deklaratsiyasi va korrupsiya haqida xabar beruvhilarni qiluvchilarni himoya qilish kabi yo‘nalishlardagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratdilar. Ular, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati va erkin matbuotning o‘rni muhimligini ta’kidlab, O‘zbekistonning islohotlar yo‘lida xalqaro hamjamiyat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishini qayd etdilar.

Forum doirasidagi tematik sessiyalar ekspertlar almashinuvi va siyosiy muloqotni rivojlantirishga qaratilib, korrupsiyani oldini olishning uch asosiy tayanchini muhokama qildi: zamonaviy vositalar, samarali tartib-taomillar va malakali inson resurslari. Birinchi sessiya korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektning ortib borayotgan ahamiyatiga bag‘ishlandi, unda xalqaro tajriba va O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi rejalari taqdim etildi. Ikkinchi sessiyada davlat va xususiy sektor faoliyatida komplayens nazoratining korrupsiyani oldini olishdagi o‘rni va bu boradagi ilg‘or xalqaro tajribalarni muhokama qilindi. Uchinchi sessiya esa eng muhim omil, ya'ni davlat xizmatchilarining salohiyatini rivojlantirish masalasiga qaratilib, amaliy ishda korrupsiyaga qarshi vositalarni qo‘llash bo‘yicha ta’lim va o‘quv dasturlarini yoritdi.

Mazkur masalalar bo‘yicha Xitoy, Misr, Gruziya, Germaniya, Yaponiya, Litva, Saudiya Arabistoni, Sloveniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari hamda mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Toshkent Aksilkorrupsiya Forumi bugungi kunda samarali davlat boshqaruvi va barqaror rivojlanish yo‘lida mintaqadagi yetakchi platformalardan biriga aylangan. Uning beshinchi bosqichi O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi jamoaviy harakatlarni ilgari surishdagi o‘sib borayotgan rolini namoyon etib, mamlakat ichidagi va xalqaro hamkorlarning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.


Qo‘shimcha ma’lumot va OAV uchun murojaatlar:

Saida Turabekova, GIZ O‘zbekiston – saida.turabekova@giz.de
Fotima Turgunboeva, UNDP O‘zbekiston – fotima.turgunboeva@undp.org
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – info@anticorruption.uz