BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi tomonidan Zangiota agrotexnika texnikumida Yoshlar innovatsion markazi ochildi

26-June, 2025
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Toshkent viloyati, Zangiota tumani – 2025-yil 26-iyun kuni Zangiota agrotexnik tenikumida Yoshlar innovatsiya markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz O‘zbekiston yoshlarining barqaror va iqlimga chidamli kelajak qurishdagi muhim o‘rnini ta’kidlovchi Yoshlar kuni (30-iyun) arafasida tashkil etilmoqda.

Yoshlar innovatsion markazi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Agrooziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishni qo‘llab-quvvatlash va iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiya tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida tashkil etildi.

Ushbu loyiha doirasida texnikum binosida yoshlar markazi uchun ajratilgan qismi to‘liq qayta ta’mirlandi hamda eng so‘nggi rusumdagi kompyuter va boshqa texnikalar, mebel jixozlari hamda talabalarning amaliyot o‘tashlariga qo‘lay laboratoriya faoliyati uchun yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu yoshlarga tajriba asosida ta’lim olish, ilmiy izlanishlar olib borish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Markaz yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar va ilhomlantiruvchi muhit yaratib, ularni quyidagi sohalarda amaliy tajribaga ega bo‘lishga yo‘naltiradi:

• Innovatsion va iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi texnologiyalari;

• Agro-texnologiyalar va raqamli yechimlar;

• Barqaror vetirinariya amaliyotlari;

• Agro-biznes va yoshlar tadbirkorligi.

“Yoshlar — O‘zbekistonning barqaror va iqlimga chidamli kelajagining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Zangiotadagi Yoshlar innovatsiya markazi ularga nafaqat bilim va ko‘nikma, balki imkoniyat, ilhom va amaliyot maydoni ham taqdim etadi. BMTTD sifatida biz yoshlarning iqlimbop innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va agro-tatbiqotlar orqali kelajakni yaratishiga ishonamiz va bu jarayonda ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.”
dedi ochilish marosimida so‘zga chiqqan BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii.
"Yoshlarning ijodiy fikrlashi va ilmiy izlanish olib borish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir — bu ularga qishloq xo‘jaligi va veterinariya sohasidagi muammolarga o‘z qarashlari bilan samarali yechimlar taklif etish imkonini beradi. Asosiy boylik — bu uskunalar emas, balki markazning talabalari va o‘qituvchilaridan iborat inson kapitalidir. Yevropa Ittifoqi ushbu markazni tashkil etishda ko‘rsatgan yordamidan mamnun va uning innovatsion faoliyatini davom ettirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni izlashni tavsiya etadi."
— dedi Roberto Aparicio, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasining Qishloq xo‘jaligi dasturlari menejeri.

E’tiborga molik jihat shundaki, mazkur markaz ishtirokchilari EU-AGRIN loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida tashkil etilgan 18 ta innovatsion guruh a’zolari bilan hamkorlik qilish, shuningdek ularning faoliyatidagi muhim jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa yoshlar uchun amaliyot, tajriba almashinuvi va hududlararo innovatsion hamkorlikni kengaytirish imkonini yaratadi.