Umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida norasmiy iqtisodiyot shakllanishi sabablari
Umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida norasmiy iqtisodiyot shakllanishi sabablari
7-May, 2026
Umumiy ovqatlanish sohasi O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u minglab tadbirkorlik subyektlarini birlashtiradi va aholi bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, sohaning katta qismi hali ham norasmiy sektor doirasida qolmoqda, bu esa korxonalarning barqaror rivojlanishiga va davlat iqtisodiy ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
“Umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida norasmiy iqtisodiyot shakllanishi sabablari” mavzusidagi hisobot umumiy ovqatlanish korxonalarining norasmiy faoliyat yuritishiga olib kelayotgan institutsional, iqtisodiy va tashkiliy tusga ega tizimli omillarni batafsil hamda tahlil qiladi. Tadqiqot davomida sohadagi tartibga solish mexanizmlari va kundalik operatsion jarayonlar o‘rganilib, biznesning shaffof ishlashiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy nuqtalar aniqlangan.