O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi uchun monitoring va baholash tizimini institutsionalizatsiya qilish

O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi uchun monitoring va baholash tizimini institutsionalizatsiya qilish

26-August, 2025

So‘nggi yillarda O‘zbekiston raqamli transformatsiya kun tartibini jadallashtirib, raqamli innovatsiyalarni iqtisodiy modernizatsiya, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv rivojlanishning muhim omili sifatida e’tirof etmoqda. Ushbu harakatlarning markazida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi turibdi. Strategiya raqamli infratuzilma, tadbirkorlik va davlat xizmatlarini isloh qilish bo‘yicha kompleks yo‘l xaritasini belgilaydi.

BMTTD Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur tashabbus yosh tadbirkorlar duch kelayotgan tizimli to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, jumladan, raqamli ko‘nikmalar, moliyaviy resurslardan foydalanish va qulay siyosiy muhit bilan bog‘liq muammolarni.

Loyiha doirasida davlat institutlarining yoshlar raqamli tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini monitoring va baholash (M&E) bo‘yicha salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan faoliyat amalga oshirildi. Asosiy maqsad – natijalarni kuzatish, dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish uchun vositalarni yaratish va davlat boshqaruvida samarali siyosatni yo‘lga qo‘yishdir.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals