Yashil iqtisodiyotga oʻtish va Oʻzbekistonni COVID-19 pandemiyasidan keyingi tiklanishi oʻrtasidagi aloqa xalqaro forumda muhokama qilindi

BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Yevropa Ittifoqi (YeI), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va Oʻzbekiston hukumati ikki kunlik forumning tashkilotchilaridir.

6-May, 2021

2021 yilning 3-4 mart kunlari “Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi Oʻzbekistonning yashil tiklanishi” mavzusida xalqaro onlayn-forum oʻtkaziladi. Forum hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib yashil tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun saʼy-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda koʻmak koʻrsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlay platforma boʻlishi kutilmoqda.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishni qoʻllab-quvvatlash uchun strategiya va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. 2019 yilning oktabr oyida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasini 2019-2030 yillarda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar Strategiyasi” mazkur yoʻnalishga yaqqol misol boʻladi. Ushbu Strategiya energiya samaradorligini oshirish hisobiga havoga tashlanishlar, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalanishni kengaytirish, resurslar tejamkorligini oshirish va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish, hamda yerlar tanazzulini cheklash boʻyicha maqsadli koʻrsatgichlarni oʻrnatadi.

COVID-19ni keng tarqalishi jamiyat salomatligi iqlim va tabiat qanchalik tigʻiz bogʻliqligini yaqqol namoyon etdi, bu esa tabiiy resurslardan barqaror foydalanish hisobiga “yashil” tiklanishni, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yengillatish va ularga moslashish boshlashga ragʻbat berdi. Bugungi kunda iqtisodiyot issiqxona gazlarini havoga tashlashni oshirmasdan turib, iqtisodiyot yanada ekologik, past uglerodli yoʻldan borib, inqirozdan chiqish imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi yaqqol namoyon boʻldi.

Boʻlajak forum quyidagi muhim vazifalar orqali Oʻzbekistonni “yashil” tiklanishi gʻoyasini ilgari surishga moʻljallangan:

  • “Yashil” tiklanish va barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirish maqsadida Oʻzbekiston uchun  yanada yaxshi rivojlanishi nimani anglatishini oʻrganish.
  • Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yoʻnalishlardagi siyosatni, shu jumladan, Oʻzbekistonda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, “yashil” tiklanish jarayonida boʻlajak ehtimolli inqirozlarga ilgʻor va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni yaratishga koʻmak berish, bir vaqtni oʻzida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maydonni taqdim etish.

COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida Oʻzbekiston hukumatini “yashil” iqtisodiyotini tiklashida qoʻllab-quvvatlash maqsadida muhokama qilish va kelgusida ishlab chiqish uchun tavsiyalar toʻplami va amaliy harakatlarni shakllantirish

Xalqaro forum BMTTD, Yevropa Ittifoqi, YeIK va Oʻzbekiston tarafidan Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi (Oʻzgidromet) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladi.

Onlayn-forum Zoom platformasi orqali ingliz, rus va oʻzbek tillarida oʻtkaziladi (roʻyxatdan oʻtganlar uchun) YouTubeda bevosita efirda namoyish etiladi.

BMTTD barcha manfaatdor tomonlarni Forumda ishtirok etishga taklif etadi. Forumda ishtirok etish va sinxron tarjima xizmatidan foydalanish uchun https://bit.ly/3uoc2qf havolasida roʻyxatdan oʻting.