Xavfsiz kelajak uchun birgalikda harakat: Markaziy Osiyo uran merosi bilan bog‘lik muammolarni hal qilishning yangi bosqichini boshlaydi

17-April, 2025
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2025-yil 17-18-aprel kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog‘lik muammolarni hal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish" (III bosqich) mintaqaviy loyihasi doirasida boshlang‘ich uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi loyihaning uchinchi bosqichi rejalarini Markaziy Osiyoning uchta davlat idoralari, milliy va xalqaro hamkorlar bilan muhokama qilish edi. Uchrashuv, shuningdek, loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun muvofiqlashtirish va hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha inson salomatligi va atrof-muhit uchun uran chiqindilari bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi mahalliy jamoalarning turmush sharoitlarini gender va jamiyatga yo‘naltirilgan inklyuziv yondashuvlar orqali yaxshilashga qaratilgan. Uchinchi bosqichda loyiha jamoatchilik xabardorligini oshirish, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va uran merosi obyektlarini samarali melioratsiya qilish uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Radiatsiya, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya boshqarmasi vakili Qilichov Zulfiqor Pardakulievich ushbu tashabbusning muhimligini ta’kidlab, shunday dedi:

“Barchamizga ma’lumki, bugun butun dunyoda va O‘rta Osiyoda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik tabiiy ofatlar, texnogen avariyalarni oldini olish, ularning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf qilish, qolaversa insonlar sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar xavfini minimallashtirish choralarini ko‘rish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan, ushbu loyiha mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xizmat qiladi”.

Loyihaning I va II bosqichlarida III bosqich uchun asos yaratgan quyidagi natijalarga erishildi, jumladan: yettita quvvat transformator stansiyasini o‘rnatildi; 120 ta radiatsiya xavfsizligi belgilari joylashtirildi; yettita mahalliy korxona qo‘llab-quvvatlandi; 500 dan ortiq hamjamiyat a’zolarini tadbirkorlik bo‘yicha o‘qitildi; Favqulodda vaziyatlar Vazirligi dozimetrik asboblar bilan jihozlandi; maxsus o‘quv materiallarini tarqatildi va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, energetika va turizm sohasida tanlangan sakkizta jamoat loyihalaridan to‘rttasi amalga oshirildi.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Tadbirda, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Fayyad Qarman:  

"Hech kimni ortda qoldirmasdan, uran merosi xavfidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hamjamiyatlarni qayta tiklashda faol hamkor sifatida harakat qilaylik", - deya ta’kidladi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi dasturi rahbari Yana Kurpisha shunday dedi:

"Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida loyiha mintaqadagi eng aziyat chekkan hududlarda mahalliy hamjamiyatlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishga qaramay, bu Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy muloqot va hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlariga bevosita hissa qo‘shmoqda".

Uchrashuvda hokimiyat vakillari, mahalliy hukumatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa asosiy hamkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida guruh muhokamalari o‘tkazildi, unda ishtirokchilar hamkorlikni yaxshilash va uran merosi obyektlarini barqaror boshqarish bo‘yicha qo‘shma tavsiyalar ishlab chiqdilar.

Eslatma: Loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi va YXHT tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilmoqda va ekologik xavfsizlik, barqaror rivojlanish va mahalliy hamjamiyatlarni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb qilishning asosiy jihatlariga qaratilgan.