Toshkentda TechGenius hakatonini o‘tkazdik

14-November, 2023
Surat: BMTTD O'zbekiston

2023-yilning 10-12-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi, IT PARK Uzbekistan, Phystech.Genesis va HACKONNECT bilan hamkorlikda moderator sifatida Phystech.Genesis asoschisi Evgeniy Anikin hamda mentorlar sifatida Twitter kabi taniqli kompaniyalarning bir qator ekspertlari ishtirokida uch yo‘nalishda namunali “TechGenius” (www.techgenius.uz) hakatonini o‘tkazdik.

Hakaton ishtirokchilarga nafaqat o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etish imkoniyatini, balki innovatsion loyihalar yaratishda amaliy tajriba orttirish imkonini ham berdi. Tadbir innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga yordam beadi va unda yosh dasturchilar, dizaynerlar va talabalar ishtirok etdi.

Surat: BMTTD O'zbekiston

Ishtirokchilar 48 soat ichida yangi gʻoyalar va texnologiyalarni oʻrganishlari hamda quyidagi yoʻnalishlarda murakkab muammolarni hal qila oladigan innovatsion loyihalarni ishlab chiqishlari kerak edi:

Track 1. Energiya: uylar va ofislarda energiya sarfini optimallashtirish uchun dastur ishlab chiqilishi kerak. Ishtirok etish uchun 36 nafar ishtirokchidan iborat 8 ta jamoa tanlab olindi.

Track 2. Qishloq xo'jaligi: ekinlar kasalliklarining rivojlanish darajasini bashorat qiladigan yechimni ishlab chiqish kerak. Ishtirok etish uchun 43 nafar ishtirokchidan iborat 10 ta jamoa tanlab olindi.

Trek 3. Fan: tadqiqotni tezlashtirish va gipotezalarrni qulay muhokama qilish uchun olimlar oʻrtasida hamkorlik platformasini ishlab chiqish zarur. Ishtirok etish uchun 40 nafar ishtirokchidan iborat 8 ta jamoa tanlab olindi.

Surat: BMTTD O'zbekiston

Tanlangan ishtirokchilarning aksariyati dasturlash va dizayn sohasida tajribaga ega (ulardan ba’zilari hatto sun’y intellekt, mashinani o‘rganish va ma’lumotlar fanlari kabi eng ilg’or sohalarda ham ishlaydi). Jamoalarda biznes tajribasiga ega bo‘lgan a’zolar, IT mutaxassislari va dasturlash/dizaynga qiziqqan talabalar mavjud edi. Qabul qilingan 530 ta arizadan 119 nafar ishtirokchi quyidagi mezonlar asosida tanlab olindi:

1) jamoa sifatida topshirilgan arizalar,

2) AI, ML, DS kabi ilg’or sohalarda vakolatlarga ega bo’lgan,

3) IT sohasida tajribaga ega bo’lgan;

4) jamoalarda IT va biznes vakolatlariga ega bo’lgan

va 5) jamoada kamida 1 nafar ayol vakili bo’lgan.

48 soat davom etgan hakaton yakunida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:

- "Energiya" nominatsiyasi - Tzeentch

- “Qishloq xo‘jaligi” nominatsiyasi – Qalamx

- "Fan" nominatsiyasi - TeamIT

- "Eng yaxshi prezentatsiya" nominatsiyasi - Texnoblade, Dots

- "Eng yaxshi mem" nominatsiyasi - BRAIN Build

- "Eng yaxshi texnik yechim" nominatsiyasi - Innovatsiyachi

 

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g’oliblar qimmatbaho sovg‘alar – elektron gadjetlar bilan taqdirlandi.

Surat: BMTTD O'zbekiston

Tadbirda tarmoq birlashmalari, banklar va yirik kompaniyalarning innovatsion faoliyatga mas’ul mutaxassislari mehmon sifatida ishtirok etdi.

TechGenius, shuningdek, ishtirokchilar va mehmonlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish uchun platformani taqdim etib, yangi aloqalar va hamkorliklarni yaratishga yordam berdi. Hakatonda ishtirok etgan mutaxassislar qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘ladilar, ulardan o‘z tashkilotlarida shu kabi tadbirlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Tadbir Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Raqamlashtirish orqali yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qoʻshma loyihasi doirasida o‘tkazildi.