Techstars Startup Weekend endi Qarshida bo’lib o’tdi

Dastur Buxoroda muvaffaqiyatli o‘tkazilgach, endilikda Techstars Startup Weekend Toshkent jamoasi o‘z programmasini Qarshida o’tkazadi.

16-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2018-yildan buyon Toshkentda o‘tkazib kelinayotgan Startup Weekend Tashkent hakatoni endi hududlarga ham kengayib, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yashovchi yoshlar uchun startap bilim va tajribasini taqdim etmoqda.

Shunday qilib, Buxoroda birinchi qadam qo'yildi va endi navbat 13-15-oktyabr kunlari navbatdagi Startup Weekendga mezbonlik qilayotgan Qarshi shahriga keldi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Startup Weekend O’zbekiston xakatoni - bu shijoatli yoshlar uchun qimmatli tajriba orttirish, soha mutaxassislari bilan tanishish, startap g'oyalarni sinab ko'rish va ishga tushirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Homiylar va hamkorlar ko'magida ushbu tadbir shubhasiz muvaffaqiyatli bo'lib,  O'zbekiston shaharlarida startap ekotizimining o'sishi va rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Tadbirda ishtirokchilar o'zlarini startap g'oyalarini taqdim etishlari va eng qiziq g'oyalar atrofida jamoalar tuzishlari mumkin. Ular uch kun davomida birgalikda ishlab, srartap, moliya, marketing va produkt menejment sohasidagi mutaxassislarning mentorligi va  maslahatlari yordamida o'zlarining biznes rejalari va prototiplarini ishlab chiqadilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Xakatonning birinchi kunida ishtirokchilar tadbir dasturi bo'yicha ko'rsatmalar oladilar va bir daqiqada qolgan ishtirokchilarni o'z jamoalariga jalb qilish uchun o'zlarining startap g'oyalarini taqdim etadilar. Eng ko'p ovoz olgan o'nta g'oya mualliflari jamoa tashkil qilishadi va taqdim etilgan g'oya ustida ishlashni boshlaydi.

Xakatonning ikkinchi kuni ishtirokchilar uchun muhim bo’lib,  jamoalar MVP va custdev bo’yicha mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Mashg'ulolotdan keyin ular o’z g’oyalarini sinash uchun ko’chaga chiqishadi. Bundan tashqari jamoalarga g’oya shakllantirishida startap sohasida yetakchi bo’lgan mutaxassislar o’z tajribalari bilan bo’lishib yordam berishadi.

Tadbirning uchinchi va oxirgi kunida jamoalar o'z ishlarini yakunlab, hakamlarga taqdim etadilar. Hakamlar jamoalarni uchta mezon asosida baholaydilar: eng yaxshi gipoteza testi, eng yaxshi biznes modeli va eng yaxshi bozor salohiyati. Barcha mezonlar bo'yicha eng yuqori ball to'plagan eng yaxshi 3 ta startap, sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Xakaton Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Raqamlashtirish orqali yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda global startap akseleratori bo‘lmish Techstars kompaniyasining mahalliy faollari,  Alif Tech, Uzum, IT Park Qarshi, IT City

Academy, OWA, UZProgers kabi tashkilotlar ko`magida tashkil etilmoqda. Ushbu tashkilotlar O‘zbekistonda innovatsiya va tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga doimiy ravishda o`z hissalarini qo`shib kelishmoqda va Startup Weekend Qarshi hakatonining o`tkazilishi ko’p misollardan biri bo`la oladi.