Siyosatdan amaliyotga: O‘zbekistonda yuridik yordam mexanizmlarini mustahkamlashning hamkorlik yo‘li

25-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bugun biz Adliya vazirligida O‘zbekistonda bepul yuridik yordam ko‘rsatishning bugungi holatiga bag‘ishlangan davra suhbatini hamkorlikda tashkil etib, mamlakatimizda ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar va ularning keng huquqiy va ijtimoiy muhitga ta’sirini baholash muhimligiga e’tibor qaratdik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) odil sudlov va inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyati doirasida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda bepul yuridik yordam tizimini takomillashtirish dolzarbligini e’tirof etadi. Finlyandiya hukumati “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” qo‘shma loyiha doirasida ushbu tashabbusni moliyalashtirilmoqda.

Davra suhbatida ko’zga ko’ringan shaxslar, jumladan, Muzraf Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari; Ilkka Raisanen, Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi elchisi; Tuiya Braks, Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi direktori; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi A.Ernazarov va “Madad” NNT ijrochi direktori T.Tursunov, shuningdek, tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va boshqa taniqli shaxslar ishtirok etishdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bepul yuridik yordam ko’rsatishning muhimligini e’tirof etib, Anas Qarman, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili o’rinbosari quyidagilarni ta’kidladi: 

“Bepul yuridik yordam moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, barcha uchun huquqiy tizimdan teng foydalanishni ta’minlash va adolatli vakillik orqali qonun ustuvorligini aholining himoyaga muhtoj qatlamlari orasida mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bepul yuridik yordam ko‘rsatishning mustahkam tizimi o’zini o’zi vakillik qilish bo’yicha ishlarni qisqartirish va professional huquqshunoslarning vakilligini oshirish orqali sud faoliyati samaradorligini oshirishga olib kelishi mumkin”.
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston BMTning inson huquqlari bo‘yicha asosiy shartnoma va konvensiyalarini ratifikatsiya qilgan, unga ko’ra, davlatning bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo’yicha samarali mexanizmlarni yaratish majburiyatlari nazarda tutilgan. O‘zbekiston BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomalari doirasida o‘z majburiyatlarini bajarib, bepul yuridik yordam ko’rsatish tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan faol ish olib bormoqda.

Davra suhbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 16-iyunda imzolangan va 2023-yil 18-sentabrda kuchga kirgan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qonun turli toifadagi shaxslar, shu jumladan fuqarolik va ma’muriy ishlarda ishtirok etuvchi kam ta’minlangan shaxslar hamda psixiatriya yordamini oluvchi ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam olish huquqiga egaligini ta’minlaydi. Davlatning yuridik yordamni moliyalashtirish bo’yicha mazkur majburiyati hatto moliyaviy imkoniyati bo‘lmaganlar o‘z huquqlarini himoya qilishlari va huquqiy masalalarda ovozlari eshitilishi mumkinligiga imkoniyat yaratadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Aholiga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari uchun “Madad” NNT alohida e’tirof etildi. Ushbu yondashuvga asosan quyi pog’onada birlamchi yuridik maslahat va tavsiyalarning hamma uchun ochiq bo‘lishi ta’minlanadi, bu esa, jamoatchilik va huquq tizimi o‘rtasidagi tafovut bartaraf etilishiga imkon beradi. Bu faoliyat NNTlarning odil sudlov tizimidan universal tarzda foydalanishini ta’minlashda davlat idoralari bilan qanday hamkorlik qilish mumkinligini namuna sifatida ko‘rsatadi.

Finlyandiyaning bepul yuridik yordam tizimi koʻplab mamlakatlar uchun namuna o’laroq xizmat qiladi, uning umumiy mazmuni Oʻzbekiston kontekstida o’rganish mumkin bo’lgan jihatlar va parallel oʻxshashliklar borasida muhokama qilindi. Finlyandiya modeli o’zining davlat yuridik yordam byurolari va undan keng foydalanish imkoniyatlar bilan mashhur; u byurolarni “judicare” advokatlari bilan birlashtirgan holda aralash yuridik yordam ko’rsatish usulini o’zida namoyon etadi. Tizimning samaradorligi, shaffofligi va inklyuzivligi uni namunaga aylantirgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash kerakki, ushbu loyiha nafaqat targ’ibotga, balki moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga ham qaratilgan. U alohida bepul yuridik yordam ko’rsatuvchi subyektlarga texnik ko’makni ham ko’rsatadi va ularga kichik hajmdagi grantlar taqdim etadi. Ushbu yordam ularni qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda xizmatlarni kengaytirish va yuridik yordam ko’rsatishda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Mamlakatda odil sudlov tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqlikni ifodalagan holda “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi saralangan NNTlarga AKT jihozlarini topshirish marosimi bilan yakunlandi.

“Madad” NNT, ya’ni uning Bekobod shahri (Toshkent viloyati), Shovot (Xorazm viloyati) va Xoʻjaobod (Andijon viloyati) tumanlaridagi huquqiy maslahat byurolari shular jumlasidandir. Ushbu byurolar yaqinda tashkil etilganligi bois, ular qo’shimcha jihozlar va yordam bilan imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida ta’minlanmoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Shuningdek, Buxoro viloyati “Oydin nur” oilani ijtimoiy himoyalash markazi oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ijtimoiy ta’lim-tarbiya berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun munosib taqdirlandi. Xuddi shunday tarzda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazining Namangan viloyat filiali ham jamiyat va shaxs ravnaqi uchun muhim bo‘lgan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan keng qamrovli dasturlarga qo’shgan hissasi uchun e’tirof etildi.

Ushbu jihozlar mazkur tashkilotlarning aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo’yicha imkoniyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.