Qoraqalpog‘istonlik startaperlar Toshkentlik tadbirkorlarning biznes-tashabbuslarini ishga tushirish tajribasini o‘rganmoqdalar

BMT Taraqqiyot Dasturi Qoraqalpog‘istonning endi faoliyatini boshlayotgan 10 nafar startaperlar uchun biznes- tur tashkil etdi

24-May, 2022
BMTTD O'zbekiston

2022 yil 16 may Toshkent, O‘zbekiston. Bugun BMTTDning ko‘magida Yoshlar ittifoqi tashkil etgan Qoraqalpog‘istonning 10 nafar startaperlar uchun Toshkentga tanishuv safari boshlandi. Safar o‘z ishini boshlayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, Toshkentning ishida muvaffaqiyat qozongan tadbirkorlarini biznes-loyihalarini amalga oshirish tajribasini o‘rganish uchun qulay muhit yaratish, faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha startaplarni boshlashdagi bilimlar va ishga tushirish xususiyatlari bilan almashish maqsadida tashkil etilgan.

2021 yilning dekabr oyidan to 2022 yilning mart oyigacha BMTTD Bo‘zatov, Qo‘ng‘irod, Mo‘ynoq tumanlari va Nukus shahridan 70 nafardan ko‘proq ayollar va yoshlar vakillarini iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy yo‘nalishlardagi startaplarni rivojlantirish bo‘yicha o‘qitdi. Onlayn tahsil tugaganidan so‘ng uning barcha ishtirokchilari keyinchalik Qoraqalpog‘istonning eng yaxshi startapi tanlovida taqdimot bilan qatnashish uchun o‘zlarining startap loyihalarini tayyorlash maqsadida 17ta jamoaga bo‘lindilar. Ovoz berish natijasida tanlov komissiyasi taqdim etilgan 17ta loyihadan yettitasi hammoliyalashtirishga tasdiqladi. Barcha g‘oliblar “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qo‘shma dasturi doirasida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun texnik ko‘mak oladilar.

Shu o‘rinda, tanlovning yakuniy bosiqchiga o‘ta olmagan jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z g‘oyalarini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va bozorni o‘rganishlariga qulay sharoit yaratish maqsadida faoliyatini boshlayotgan startaperlarga ikki kunlik tanishuv safarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qoraqalpog‘istonlik mehmonlar shu kunlarda “Book-café”, “Dekos”, “Deli” kabi loyihalar ta'sislari bilan uchrashmoqdalar, “IT-akademiya Astrum” va “IT-park”dek innovatsion g‘oyalar maydonlariga tashrif buyurmoqdalar.

Men Qoraqalpog‘istonning 10 nafar muvaffaqiyatli startaperlari orasida tajriba almashish va O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan bilim olish uchun Toshkentga keldim. Bu yerda bizga hamma narsa yoqdi. Hozir biz Impuls biznes xabidamiz. Bu maydoncha netvorking uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ishlash uchun ko‘plab hududlar yaratilgan-xonalar, anjumanlar zallari, bularni bari startaperlar uchun qulaylikdir. Men va boshqa startaperlar o‘zimizni namoyon eta olamiz va eng yaxshi natijalarimizni ko‘rsatishimizga ishonaman, - deydi taassurotlari bilan bo‘lishar ekan Asal DavletmuratovaQoraqalpog‘istondagi startaplarni rivojlantirish dasturi ishtirokchisi.

BMTTD O'zbekiston

BMTTD, YuNFPA, FAOning Qo‘shma dasturi O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Dasturning yo‘nalishlaridan biri-aholi farovonligini yaxshilash, innovasiyalarni joriy qilish orqali aqlli va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, startaplar va biznes-tashabbuslarni amalga oshirish, kasbga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, Qoraqalpog‘istonda ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutadi. Dastur O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ko‘magida 2021 yildan beri amalga oshirilmoqda.