O‘zbekistonda savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish maqsadida blokcheyn texnologiyasini joriy etish

Joriy yilning 19 oktyabr kuni "Innoveek 2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida doirasida BMTTD Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda "Savdoni barqaror rivojlantirish uchun bloskcheyn: bloskcheyn texnologiyasining salohiyatidan foydalanish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

19-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Butun dunyoda katta qiziqish uyg'otayotgan blokcheyn texnologiyasi savdo jarayonlarini o'zgartirish va mamlakatning yangi bozorlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun kuchli vositaga ylanmoqda. O‘zbekiston va iqtisodiyoti o‘tish davridan kechayotgan boshqa mamlakatlar savdo-sotiq sohasida shaffoflikni oshirish va amaliyotlarni soddalashtirish uchun ushbu ilg‘or texnologiya imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda. Biroq, blokcheynga bo'lgan qiziqish ortib borayotganiga qaramay, bilimlar bilan bog’liq jiddiy bo'shliqlar va huquqiy to'siqlar uni keng miqyosda qabul qilish vajoriy etishga to'sqinlik qilmoqda.

Ushbu sohadagi innovatsiyalar va istiqbollarni hisobga olgan holda, BMTTD BMT YeIK bilan birgalikda kamchiliklarni aniqlash va istiqboldagi rivojlanish rejasini ishlab chiqish maqsadida O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tahliliy hujjatni ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Asosiy e’tibor O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlari, jumladan, tikuvchilik va poyabzal sanoati, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligiga qaratiladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ushbu tashabbus doirasida, shuningdek, 2023-yilning 16-20-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Innoweek 2023”  tadbiridoirasida BMT YeIK va BMTTD vakillari istiqbolli yo‘nalishlarda blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo‘yicha axborot almashish va fikr-mulohazalarni o‘rganish maqsadida asosiy vazirlik va idoralar bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdilar. Shuningdek, 19-oktabr kuni, 40 dan ortiq davlat organlari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Tadbir ishtirokchilari mamlakatda blokcheyndan foydalanish muammolari va imkoniyatlariga oid fikr-mulohazalari bilan faol o‘rtoqlashdilar. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonning paxta va to‘qimachilik sohalarida BMT YeIK-ning tajribaviyblokcheyn tashabbuslaridan olingan amaliy misollar ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbuslar ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (EIB) standartlariga muvofiqlikni oshirish, eksport imkoniyatlarini diversifikatsiya qilish va mamlakatga investitsiyalarni jalb qilish, jumladan, innovatsion, ilg‘or texnologiyalar salohiyatidan foydalanishga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Blokcheyn texnologiyasi istiqbollari katta bo’slsa-da, O'zbekistonda bilim va me’yoriy-huquqiy muhitning etishmasligi blokcheynga asoslangan yechimlarni qabul qilish va amalga oshirishda jiddiy to'siqlarni keltirib shiqarayotganini tan olish kerak. Bu muammolar jumlasiga tartibga solishning ravshanligi, maʼlumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi bilan bogʻliq muammolar, xalqaro standartlarga muvofiqlik, oʻzaro hamkorlik va integratsiya, taʼlim va koʻnikmalardagi kamchiliklar va boshqalar kiradi, lekin ular bilan cheklanmaydi. Bu murakkab muammolarni yengish puxta baholashniva puxta rejalashtirilgan yechimlarni talab qiladi”, 

- deya qo‘shimcha qildi BMT Taraqqiyot dasturining Inklyuziv o‘sish klasteri rahbari Ravshan Yunusov.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tahliliy hujjat loyihasini barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida 2024-yil may oyigacha muhokamaga qo‘yishga qaror qilindi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko'maklashish – V bosqich” loyihasi Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyihadan ko’zlangan maqsad “yashil” qiymat zanjirlarini rivojlantirish va iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish orqali inklyuziv va barqaror o‘sishni rag‘batlantirishda Markaziy Osiyo mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.