O'zbekiston BMTTD ko'magida so'mda denominatsiyalangan tarixda birinchi davlat obligatsiyalarining taqsimoti va samaradorligi to'g'risida dastlabki Hisobotni chop etdi. “O'zbekiston rivojlanishini moliyalashtirish bo'yicha obligatsiyalarning ta'siri va taqsimlanishi to'g'risidagi hisobot”da davlat obligatsiyalaridan kelayotgan tushumlar turli sohalardagi barqaror rivojlanishni qay tariqa quvvatlayotgani hamda loyihalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) qanday qo'llayotgani bayon etilgan.
2020 yilning noyabr oyida O'zbekiston Respublikasida uch yillik 14,5 foizli transhga ega 2 trillion so'mga teng yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqargan bo'lib, bu qiymat taxminan 200 million AQSH dollariga teng. Qayd etilganidek, bitimdan olingan foyda 1, 3, 4, 5, 6, 8 va 9-milliy BRMga muvofiq bo'lgan loyihalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Bu loyihalar munosib mehnat sharoitlarini yaratish, iqtisodiy o'sish, gender tenglik va infratuzilma barqarorligini oshirishni nazarda tutadi.
Hisobotga ko'ra, foydaning asosiy qismi avtomagistrallar va yo'llar qurilishi va rekonstruksiyasiga (50 foiz), tadbirkor ayollarga kreditlar ajratishga (18 foiz), maktablar qurilishi va rekonstruksiyasiga (16 foiz) yo'naltirilgan.
Natijada, 22ta yangi maktab qurilib, 20ta maktab rekonstruksiya qilindi, 3ta yangi sog'liqni saqlash ob'ekti qurilib, 13tasi qayta ta'mirlandi.
Dlya obespecheniya dostupa k chistoy vode i sanitarii prolojeno 254,5 km vodoprovoda dlya pitevoy vodы, rekonstruirovano 303,1 km. Seychas eti proyektы obslujivayut boleye 100 000 chelovek.
2020 yilning noyabrida chiqarilgan obligatsiyalardan olingan daromadlar hukumatga ijtimoiy dasturlarni qo'llash imkoniyatini yaratdi. Xususan, 44 247 nafar odamga obligatsiyalardan kelgan tushumlar hisobiga ishsizlik bo'yicha nafaqa tayinlandi. 4446 nafar xotin-qiz reabilitatsiya qurilmalarini moliyalashtirish shaklida yordam olgan bo'lsa, 404ta nogironligi bor ayolga jarrohlik harajatlari qoplab berildi, shuningdek 531 nafar ayolga ko'chmas mulkni sotib olish uchun dastlabki to'lovlar qoplab berildi. Imtiyozli kreditlar shaklida 19 570ga yaqin xotin-qizlarga ko'rsatilgan yordam 19 800dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishiga olib keldi.
“BRM 9: Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma” doirasida markaziy ko'chalar qurilishi infratuzilmaviy loyihalar diqqat markazidan o'rin olgan. Obligatsiyalardan olingan mablag'lar evaziga 3 463,88 km yo'llarning texnik ta'mirlanishi amalga oshirildi. Kelgusida BRM obligatsiyalari chiqarilishi keyinchalik mavzusiga doir BRM obligatsiyalari chiqarilishiga zamin yaratadi.
“2020 yilning noyabr oyida obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi O'zbekistonda barqarorlik va farovonlikka erishish yo'lida resurslarni safarbar qilishga xizmat qilgan muhim qadamga aylandi”, - deya ta'kidladi Jasur Karshibayev, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat qarzi departamenti direktori.
“Obligatsiya bozorlarining o'sishi ijtimoiy va “yashil” loyihalarni moliyalashtirish hisobiga BRMga erishish uchun yanada ko'proq imkoniyatlarni yaratmoqda. BMTTD boshqaruvning qulay shartlari va mexanizmlarini, shuningdek obligatsiyalar, “yashil” obligatsiyalar, impakt-obligatsiyalar va islomiy sukuk uchun monitoring va baholash tizimini yaratish sohasida O'zbekiston hukumatiga o'z ko'magini oshirdi”, - deya qo'shimcha qildi Matilda Dimovska, BMTTDning O'zbekistondagi Doimiy vakili.
Bir so'z bilan aytganda, ushbu hisobot O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishishga bo'lgan intilishining navbatdagi tasdig'i bo'lib, turli sohalarga ajratilgan mablag'larning ta'siri yuzasidan shaffof ma'lumotni taqdim etadi.
