BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari bilan «Ishga marhamat» Monomarkazida uchrashuv

24-June, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

2022 yil 22 iyunda Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» Monomarkazi binosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Marina Uolter bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida qo‘shma hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” hamda “Farg‘ona vodiysida pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga aholining ko‘nikmalarini moslashtirish” loyihalarining natijalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Uchrashuvda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Matil'da Dimovska, uning o‘rinbosari Doyna Muntyanu, «Ishga marhamat» Monomarkazi va WorldSkills Uzbekistan Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assosiasiyasi vakillari qatnashdi. 

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Muzokaralar chog‘ida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hukumat tomonidan pandemiyadan keyingi davrda kasbiy tayyorgarlik va aholining malakasini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni loyihalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini yuqori baholadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Loyiha tomonidan tashkil etilgan “Startap tashabbuslari” tanlovi g‘oliblari deb topilgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv ham tadbirning qiziqarli qismi bo‘ldi. Unda startapchilar ular o‘z loyihalarini taqdim etib, tanlov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar uchun «Ishga Marhamat» Monomarkazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magida tikuvchilik, dasturiy ta'minot va estetik kosmetologiya yo‘nalishlari baholash xonalari uchun sotib olingan uskunalar taqdimoti o‘tkazildi.