«Bir qishloq- bir mahsulot» kichik va o‘rta biznesni rivojlanishi uchun

Yaponiya va Qirg‘izistonlik ekspertlar Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish tajribasini o‘rtoqlashmoqdalar.

5-November, 2021

Image: UNDP Uzbekistan

2021 yil 5 noyabr Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani. 2021 yilning 3, 4 va 5 noyabr kunlari Qoraqalpog‘istonning Bozatov, Qo‘ng‘irgot va Chimboy tumanlarida “Bir qishloq-bir mahsulot” usulining asoslari” (BQBM) mavzusida biznes-treninglar bo‘lib o‘tmoqda, ularda Yaponiya va Qirg‘izistonlik ekspertlar kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasidagi muvaffiqyatli tajriba bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Ta’lim BMTTD va YuNFPA bilan birgalikdagi Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolbo‘yi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda  sog‘lig‘ini saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi doirasida tashkil qilingan.

“Bir qishloq-bir mahsulot” loyihasi –bu Yaponiyada hududiy rivojlanish uchun ishlab chiqilgan strategik harakatdir. Bunday yondashuvning noyobligi shundaki, ma’lum bir olingan hududning iqtisodiy rivojlanishiga mahalliy resurslarnigina aniqlash va ulardan keyinchalik mahsulot ishlab chiqarish, qadoq va yorliqlar dizaynini ishlab chiqish, sifatini nazorat qilish, hamda mahalliy va jahon bozorlarida ilgari surish orqaligina erishish mumkin.

Treningni asosiy maqsadi – “Bir qishloq-bir mahsulot” yondashuvi, shuningdek, uning tarixidan foydalangan holda qanday qilib biznesni yo‘lga qo‘yish haqida so‘zlab berish va tushuntirish, hamda mavjud mahalliy resurslardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish usullarini muhokama qilish, mahsulotni ilgari surish, sifatini nazorat qilish, brending va ko‘plab boshqalar.

Qirg‘istondagi JICA BQBM loyihasining bosh maslahatchisi janob   Xaraguchi Akixisa rahbarligi va boshqaruvidagi JICA BQBM (Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi) loyihasi doirasida yaratilgan “Bir qishloq-bir mahsulot+1” Jamoatchilik ittifoqi vakillari seminarning trenerlari hisoblanadilar.

Loyihaning Bozatov, Qo‘ng‘irod va Chimboy tumanlaridan 45 nafar vakil kichik va o‘rta biznes, hamda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish ko‘nikmalarini oshiradilar.

BQBM yondashuvi va usullarini joriy qilish mahalliy aholi, jumladan, ayollar va yoshlarni biznesni olib borish va rivojlantirish sohasidagi bilimlarini oshirishi, qo‘shimcha qadriyatli mahsulot sifatini yaxshilashi, ichki va tashqi bozorlarda yanada noyob va raqobatbardosh bo‘lish uchun mahalliy tadbirkorlar biznesiga ko‘mak berishi, bu bilan esa biznesni daromadligini oshirishiga olib kelishi kutilmoqda.

Undan tashqari, trening qatnashchilari BQBM harakatini Qirg‘izistondagi rivojlanishi misolini ko‘rishadi, aniq mahsulotlar bilan tanishadilar, “birinchi qo‘l”dan BQBM haqidagi axborotni olishadi va aynan amaldagi ijrochilarga savollar berishadi va ulardan takliflar olishadi.

Mashg‘ulot yakunida qatnashchilar BQBM usulidan foydalangan holda mavjud mahalliy resurslarni ishlatish orqali Orolbo‘yining iqtisodiy salohiyatini qanday qilib rivojlantirish mumkinligiga bag‘ishlangan “aqliy hujum” ustida birgalikda ishlashadi.