Inklyuziv va barqaror oʻsish
Inklyuziv va barqaror oʻsish
BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qashshoqlik va koʻp oʻlchamli tengsizlik muammolarini tushunish va ularni hal etishda yangi yondashuvlarni ilgari surish, shu bilan birga, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga mos keladigan siyosat uygʻunligi va rivojlanishni moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirishga sodiq.
Inklyuziv oʻsish va daromadlar barqarorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, BMTTD yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barqaror bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv biznes modellari, investitsiyalar va savdoni ilgari surish, aholining ijtimoiy himoyaga ayniqsa muhtoj qatlamlarining ehtiyojlarini qondirish uchun haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan tahliliy tadqiqotlar salohiyatini oshirishni qoʻllab-quvvatlash va BRMlarga erishish uchun moliyalashtirishni osonlashtirish ustida ishlamoqda.
Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasidan tiklanar ekan, BMTTDning “Inklyuziv oʻsish” portfeli iqtisodiyotning barqarorligini oshiruvchi, inklyuzivlik va tenglikni qoʻllab-quvvatlovchi milliy siyosatni ishlab chiqishga yordam bermoqda.
Faoliyat koʻlami
BMTTDning “Inklyuziv oʻsish” klasteri Oʻzbekistonning kambagʻallikni qisqartirish va tengsizlikni bartaraf etishga urgʻu berilgan, iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini quyidagi yoʻnalishlar orqali qoʻllab-quvvatlaydi:
- Munosib bandlikni taʼminlash uchun imkoniyatlar yaratish
- Barqaror rivojlanishni moliyalashtirishga koʻmaklashish
- Salohiyat/koʻnikmalarni rivojlantirish orqali “yashil” va raqamli iqtisodiyotni ilgari surish
- “Bandlik kelajagi” portfelini boshqarish
- Inklyuziv oʻsishni taʼminlash maqsadida, tizimli fikrlash yondashuvini joriy etish
Mazkur dastur doirasidagi aniq chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Monitoring uchun koʻp Oʻlchamli kambagʻallik indeksidan (MPI) foydalangan holda strategik, BRMlar bilan muvofiqlashtirilgan, shaffof va insonga yoʻnaltirilgan moliyalashtirishni joriy etish;
- Hukumatning malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish hamda yoshlar va ayollar ishsizligini kamaytirishga qaratilgan faol mehnat bozori siyosatini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash;
- Oʻzbekistonning JSTga kirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash;
- Mavjud moliyalashtirish resurslari samaradorligini oshirishga (davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlar) eʼtibor qaratgan holda, yashil va gender tengligi taʼminlangan rivojlanishga urgʻu berilgan BRMni moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
- Yangi moliyalashtirish yechimlarini, jumladan innovatsion va aralash moliyalashtirish, yashil/gender obligatsiyalari, oʻrmonzor barpo etish dasturlari uchun ekologik samaradorlik obligatsiyalari, xatarlarni sugʻurtalash va sukuk mexanizmlarini safarbar qilish;
- Inklyuziv tadbirkorlikni, munosib bandlik imkoniyatlarini, raqamli va yashil iqtisodiyotni, mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining savdo va eksport salohiyatini, shuningdek, raqamli tadbirkorlik loyihalari va startaplarini moliyalashtirish imkoniyatlarini takomillashtirish;
- 2030-yilga qadar Yashil oʻsish strategik hadli dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, kambagʻallikni qisqartirish va Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyalarining tegishli qismlarini amalga oshirish uchun XMM (JB, FTA) bilan hamkorlik qilish; va
- Ilgʻor tajribalarni mintaqaviy darajada, xususan, Orolboʻyi mintaqasi, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida qoʻllash.