UNDP va Ombudsman ofisi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanishni ilgari surmoqda

26-August, 2026
Group of adults in formal attire posing for a group photo indoors in a conference room.
Foto: UNDP O‘zbekiston

TOSHKENT, O‘zbekiston — 2026-yil 25-avgust — O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Ombudsman ofisi inson huquqlarini himoya qilishda sun’iy intellektdan (SI) samarali va mas’uliyatli foydalanish salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ikki kunlik ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturini yakunladi. 

24–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan trening Ombudsman ofisi, UNDP, fuqarolik jamiyati, akademik hamjamiyat vakillari hamda raqamli boshqaruv bo‘yicha ekspertlarni birlashtirdi. Ishtirokchilar yangi SI texnologiyalari milliy inson huquqlari institutlari faoliyatini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini, bunda inson huquqlari hamda zarur axloqiy va huquqiy kafolatlarni ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Foto: UNDP O‘zbekiston

Ikki kun davomida ishtirokchilar SI bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlab, undan Ombudsman ofisining kundalik faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandilar. Dastur SI asoslari, undan mas’uliyatli va axloqiy foydalanish, samarali so‘rovlarni shakllantirish (prompt engineering), xalqaro inson huquqlari standartlari hamda inson huquqlariga ta’sirni baholash (HRIA) masalalarini qamrab oldi. 

“Sun’iy intellekt inson huquqlarini himoya qilishni yanada samarali, ochiq va tezkor qilish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, undan foydalanish diskriminatsiyaning oldini olish, shaxsiy hayotni himoya qilish va hisobdorlikni ta’minlash uchun mustahkam kafolatlarni talab qiladi. Shu sababli inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlarning salohiyatini oshirish SI insonlar va inson huquqlariga xizmat qilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega”, - dedi Aynura Bekkoenova, UNDPning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy markazida qonun ustuvorligi, xavfsizlik va inson huquqlari masalalari bo‘yicha siyosat bo‘yicha mutaxassis. 

Treningda SI’dan amaliy foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy keyslar asosida ishtirokchilar SI murojaatlarni qayta ishlash va toifalarga ajratish, tendensiyalarni aniqlash, ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish hamda javoblarni tayyorlashda qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqdilar. 

Shu bilan birga, SI’ni institutsional jarayonlarga joriy etish bilan bog‘liq ehtimoliy xavflar ham muhokama qilindi. Inson huquqlariga ta’sirni baholash yondashuvlari asosida ishtirokchilar SI yordamida amalga oshiriladigan jarayonlar kimlarga ta’sir qilishi mumkinligi, ayrim guruhlar nomutanosib ravishda ko‘proq ta’sirga duch kelishi mumkinmi, qanday himoya choralari zarurligi hamda shaxslar SI ishtirokida qabul qilingan qarorlar ustidan qanday shikoyat qilishi mumkinligini ko‘rib chiqdilar. 

Foto: UNDP O‘zbekiston

Ishtirokchilar, shuningdek, SI vositalaridan yanada inklyuziv va barcha uchun ochiq kommunikatsiya, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va aholiga axborot yetkazishda, jumladan, ayollar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va qishloq jamoalari bilan ishlashda foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandilar. 

Alohida vositalar va ularning qo‘llanilishidan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistonda SI’dan foydalanishning kengroq institutsional va boshqaruv jihatlarini, jumladan, institutsional tayyorgarlik, axloqiy kafolatlar, ma’lumotlar va xavfsizlik masalalari, ehtimoliy xavflar hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

Dastur olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan interaktiv seminar bilan yakunlandi. Ishtirokchilar o‘z institutlarida SI’ni mas’uliyatli joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha ehtimoliy amaliy qadamlarni, jumladan, axloqiy cheklovlar, xavfsizlik choralari va pilot tashabbuslarni belgiladilar.

Conference room filled with attendees seated at tables, watching a presentation on a front screen.
Foto: UNDP O‘zbekiston

Ushbu tashabbus UNDP va Ombudsman ofisining inson huquqlari institutlari salohiyatini jadal texnologik o‘zgarishlarga mos ravishda mustahkamlash hamda O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya inson huquqlari, inklyuzivlik, hisobdorlik va mas’uliyatli innovatsiyalar tamoyillariga asoslanishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlariga hissa qo‘shadi.