Yosh ijodkorlar kambag‘allikning yashirin qirralarini san’at kuchi orqali namoyon etdi

23-October, 2025
Photo: UNDP Uzbekistan

Kambag‘allikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida raqamli san’at tanlovini o‘tkazdi. Tanlov yoshlarni kambag‘allik, tengsizlik va inson qadr-qimmati haqida o‘ylashga chorlab, san’at orqali ijtimoiy muammolarga yangi nigoh bilan qarash imkonini berdi.

Ushbu tanlov yosh ijodkorlarni ijtimoiy mas’uliyatga undash, kambag‘allikni nafaqat iqtisodiy, balki inson hayoti, orzulari va imkoniyatlariga ta’sir qiluvchi murakkab hodisa sifatida tasvirlashga ilhomlantirishni maqsad qilgan.

Ushbu tanlov yosh ijodkorlarni ijtimoiy mas’uliyatga chorlash, ularni raqamli san’at orqali kambag‘allik va tengsizlikning yashirin qirralarini ijodiy yoritishga ilhomlantirishni maqsad qilgan. Tanlov kambag‘allikni nafaqat iqtisodiy, balki inson hayoti, orzulari va imkoniyatlariga ta’sir qiluvchi ko‘p o‘lchovli hodisa sifatida ko‘rsatish, shu orqali jamiyatda ogohlikni oshirish va ijobiy o‘zgarishlarga turtki berishni ko‘zlaydi.

Raqamli san’at ijtimoiy o‘zgarishlar uchun kuchli vosita sifatida qo‘llanilib, u orqali yoshlar kambag‘allikning yashirin jihatlarini, insoniy birdamlik, umid va adolat g‘oyalarini o‘z asarlarida ifoda etdilar. 

Tanlovda O‘zbekistonning turli hududlaridan o‘nlab yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Baholash jarayonida ijodiy yondashuv, mavzuga muvofiqlik va hissiy ta’sirchanlik mezonlariga e’tibor qaratildi. Natijada 5 nafar g‘olib aniqlanib, ularning ishlari o‘zining badiiy kuchi, dolzarbligi va insoniy hissiyotlarni chuqur ifoda etgani bilan e’tirof etildi. G‘oliblarga BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi. 

BMT Taraqqiyot Dasturi mamlakat hukumati va hamkorlar bilan birgalikda teng imkoniyatlar yaratish, inklyuziv jamiyat barpo etish hamda hech kimni ortda qoldirmaslik tamoyiliga asoslangan tashabbuslarni amalga oshirmoqda. 

Tanlov natijalari kambag‘allikka qarshi kurashda yoshlarning ijodiy ovozi qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. G‘oliblarning ijodiy ishlari bilan quyida tanishingiz mumkin: