Surat: BMTTD O'zbekiston
Qumning taʼmini bilasizmi? Qum zarralarini tishlaringiz orasida his etganmisiz? Tomoq muntazam qichishayotgani, taom esa shoʻrroq taʼmli ekani bilan bogʻliq holatlar sizga tanishmi?
Orolboʻyi aholisi uchun bular quruq hayolot emas, balki kundalik voqelikdir. Orol dengizini yoʻq boʻlib ketishi tufayli bu yerdagi odamlar qator salbiy taʼsirlarga duch kelishdi, bu narsa nafaqat atrof muhit, ularning turmush sifatiga, balki salomatligida ham aks etdi. Tez-tez yuz beradigan qurgʻoqchilik va chang boʻronlari sababli har yili havoga 75 million tonna zaharli tuzlar va qumlar koʻtariladi, ular nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidan ancha uzoqlarga tarqaladi.
Surat: BMTTD O'zbekiston
2020 yilning mart oyida Oʻzbekistondagi BTM Taraqqiyot Dasturining Akselerator laboratoriyasi Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha kraudfanding kampaniyasini ishga tushirdi. Har kim faol ishtirok etishi mumkin boʻlgan tashabbus hududda ekologik falokat oqibatlarini bartaraf qilish, hamda mahalliy hamjamiyatlardagi odamlar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Kampaniyaning dastlabki maqsadi 100 ming saksovul tupini qurigan dengiz tubining 100 gektariga ekish edi. Аmmo uni amalga oshirilishiga keng jamoatchilikni qiziqishi va mahalliy oʻrmon xoʻjaliklarini faol jalb qilinishi, demak, koʻchat oʻtkazish maydoni koʻlamini kengaytirish imkonini bermoqda.
Surat: BMTTD O'zbekiston
2022 yilning 29 martidan to 1 apreligacha BMTTDning Qoraqalpogʻistonlik vakillari kraudfanding kampaniyasi haqida xabardorlikni oshirish, hamkorlikni oʻrnatish va uni amalga oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida Samsung C&T, Lotte Global Logistics, Taewoong Global Logistics, Samsung Electronics, Uz-Kor Gas Chemical, International Center for Biosaline Agriculture, Ipak Yo‘li Bank, UNICO Logistics, Korean Air, Ziraat Bank, Sanoat Qurilish Bank, Management Development Institute of Singapore in Tashkent, KPMG, UzAuto Motors kabi xalqaro vakolatxona va taʼlim muassasalari bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Surat: BMTTD O'zbekiston
Siz ham yangi choʻl boʻlmish Orolqum hududida yashil qoplamini yaratishga oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin! www.greenaralsea.org saytiga kiring, qoʻllanma bilan tanishing va bizning “yashil” chempionimizga aylaning!
Bu tashabbus Oʻzbekistondagi BMTTD bilan hamkorlikda Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonalarini yaratish orqali Orolboʻyi hududidagi muammolarni hal qilish boʻyicha keng koʻlamli dasturning bir qismi hisoblanadi.
Surat: BMTTD O'zbekiston
Kampaniya BMTTD, YuNFPА, FАOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” Qoʻshma dasturi doirasida muvofiqlashtirilmoqda.
