Tiklanish yo‘lida O‘zbekiston erishgan marralarni muhokama qilish uchun xalqaro onlayn-forum

2021 yil 3-4 mart kunlari "Yangi imkoniyatlar sari: O'zbekistonning COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyin yashil tiklanishi" xalqaro onlayn forumi bo'lib o'tdi.

Forumning maqsadi - O'zbekiston Respublikasi Hukumati, xalqaro rivojlanish agentliklari, donorlar va investorlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyat o'rtasida mamlakatning yashil iqtisodiyotga o'tishi va O'zbekistonni barqaror rivojlantirish bo'yicha muloqotni boshlash. COVID-19 pandemiyasi barchamizga sog'liqni saqlash, atrof-muhit va iqtisodiyotning qanchalik chambarchas bog'liqligini yaqqol namoyon etdi. Ushbu tajriba O'zbekistonda "yashil iqtisodiyot" ga keng miqyosda o'tish uchun hal qiluvchi qadam bo’lishi mumkin. Xalqaro forum davomida buning uchun zarur bo'lgan aniq qadamlar muhokama qilindi.

Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Yevropa Ittifoqi (YI), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YIK) va O'zbekiston Hukumati tomonidan tashkil etildi.

Forum ishtirokchilari bir ovozdan pandemiya butun dunyo bo'ylab rejalarning amalga oshirilishini to'xtatdi, bu dunyodagi aksariyat odamlarning iqtisodiy ahvolini yomonlashtirdi degan fikrda. Uning bizga bo’lgan o’giti shundaki, mamlakatlarning ekologik jihatdan toza yo'lda rivojlanishini orqaga surib bo'lmaydi, shuning uchun "kelajakda yanada samarali rivojlanish" kerak, shunda davlatlar jamiyati va iqtisodiyoti turli vaziyatlarga ancha tayyor turadi. Axir COVID-19 pandemiya ko’rsatganidek, bunday holatlar  har qanday vaqtda va dunyoning barcha qismlarida birdaniga paydo bo’lishi mumkin.

Forum pandemiya bilan bog'liq voqealar va choralardan keyin O'zbekistonda Barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha mavjud vaziyatni muhokama qilish, yashil iqtisodiyotga o'tish va hozirda barcha dastlabki shartlari mavjud intensiv yashil rivojlanish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi.

Forum mavzusi bilan qiziqqan har bir kishi uchun "Yangi imkoniyatlar sari: O'zbekistonning COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyin yashil tiklanishi" onlayn forumi doirasida tayyorlangan materiallar va manbalarni ko'rib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Ular orasida forum davomida ishlab chiqilgan va ommaviy axborot vositalarida keng tirajga ega bo'lgan forum dasturi taqdimotlariga yo'llanmalar, forum haqida to'liq ma'lumot, forum tashkilotchilari va ishtirokchilarining niyatlari to'g'risidagi deklaratsiya, tahliliy eslatma va shu kabi ma'lumot materiallari (nashrlar, maqolalar, tahlillar) mavjud.

Biz forum qatnashchilari va O'zbekistonning barqaror rivojlanishi va "ko'kalamzorlashtirish" muammosiga befarq bo'lmaganlarning o'rtasida so'rov o'tkazmoqdamiz. Vaqtingizning 2 daqiqasini ayamasdan, o'z fikringizni aytib o’tsangiz, xursand bo'lamiz.

Va nihoyat, biz barcha yosh mutaxassislar va talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz, bu yerda siz mamlakatni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha g'oyalaringiz va tavsiyalaringizni bildirishingiz va finalist sifatida amaliy maqsadga muvofiqligingiz bo'yicha tanlab olinsangiz, BMTTD ning doimiy tashabbuslari doirasida taklifingizni amalga oshirishingiz mumkin.

Forum BMT Taraqqiyot Dasturining "Yashil tiklanish yo’lida" loyihasi doirasida amalga oshirildi. Agar sizda BMTTD loyihasini amalga oshirish bo'yicha savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, iltimos, elektron pochta orqali loyiha menejeri Azamat Tashev bilan bog'laning azamat.tashev@undp.org.

Barqaror rivojlanishga erishishda Yashil Iqtisodiyotning hissasi haqida infografika.

Forum ishtirokchilari haqida ma'lumot