Yashil rivojlanishni moliyalashtirishni baholash
Yashil rivojlanishni moliyalashtirishni baholash
26-December, 2025
Yashil rivojlanishni moliyalashtirishni baholash (Green Development Finance Assessment, Green DFA) mamlakatda yashil rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga yo‘naltirilayotgan mavjud moliyaviy oqimlarning keng qamrovli tahlilini taqdim etadi. Baholash doirasida qo‘shimcha moliyalashtirishni samarali safarbar etish uchun ehtiyojlar va imkoniyatlar aniqlanadi, shuningdek institutsional ekotizim tahlili o‘tkaziladi. Bu tahlil siyosiy va normativ-huquqiy muhitni, kirish nuqtalarini, shuningdek risklarni kamaytirish va rivojlanishni moliyalashtirish vositalari va mexanizmlarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Green DFA natijalari va tavsiyalari O‘zbekiston uchun yaxlit, umumiy Yashil moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Ushbu strategiya hukumatning amaldagi moliyalashtirish siyosatlarini o‘rta va uzoq muddatli milliy yashil ustuvorliklar bilan yaxshiroq uyg‘unlashtirish, yashil rivojlanish uchun davlat va xususiy moliyalashtirishni safarbar etish, tegishli siyosatni ustuvligini oshirish, shuningdek moliyaviy siyosat va instrumentlarning izchil va barqaror bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.