Tabiiy ofatlarda harakatlanish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘llanma

uzb_guideline_for_developing_a_disaster_action_plan.pdf

pdf (4.7MB)

Yuklab olish

Tabiiy ofatlarda harakatlanish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘llanma

15-December, 2025

Ushbu nashr O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi kuchayib borayotgan sharoitda tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarga mahalla darajasida tayyorgarlik ko‘rish va harakatlar rejasini ishlab chiqish masalasiga bag‘ishlangan.

Nashrda alohida e’tibor gender masalalariga qaratilgan, chunki favqulodda vaziyatlar turli guruhlarga, ayollar, erkaklar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga turlicha ta’sir qiladi. Shu bois har bir mahalla uchun maxsus harakatlar rejasini ishlab chiqish zarurati ta’kidlangan.

Hujjatda rejaning tuzilishi batafsil yoritilgan: hududning iqlimiy-geografik xususiyatlari, mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xavflar tahlili, ehtimoliy senariylarning prognozi, “Kundalik faoliyat”,“Yuqori tayyorgarlik” va “Favqulodda vaziyat” rejimida amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi, zarur resurslar ro‘yxati, xabardor qilish va hamkorlik sxemalari, tashkiliy chora-tadbirlar hamda aholini evakuatsiya qilish rejasi kiritilgan.

Shuningdek, nashr harakatlar rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash jarayonining bosqichma-bosqich tartibini tavsiflaydi. Bu jarayon tayyorgarlik bosqichi, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, xavflarni prognozlash, zarur tadbirlarni ishlab chiqish va mas’ul tuzilmalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hujjat mahalla qo‘mitalari uchun tabiiy ofatlarga chidamlilikni oshirish va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Regions and Countries
Sustainable Development Goals