Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholining turmush darajasini joriy infratuzilma maqomi va daromad olish imkoniyatlari hamda tanlangan hamjamiyatlarda iqlim o‘zgarishining ta’siri haqida hisoboti

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholining turmush darajasini joriy infratuzilma maqomi va daromad olish imkoniyatlari hamda tanlangan hamjamiyatlarda iqlim o‘zgarishining ta’siri haqida hisoboti

12-June, 2025

Ushbu tahliliy hisobot Islom taraqqiyot banki ko‘magida BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlandi. Ish BMTTDning "Qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish: qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maslahat xizmatlari - hamjamiyatlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasining "B" komponenti doirasida amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadqiqot uchta pilot hudud - Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi qishloq aholisining turmush sharoitlarini har tomonlama baholashga qaratilgan. Tahlil mahalliy infratuzilmaning hozirgi holati, ish o‘rinlarining mavjudligi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va qishloqlardagi kundalik hayot sifatini qamrab oladi. Tadqiqot, shuningdek, 2028-yilda loyihada erishilgan natijalarning rivojlanishi va barqarorligini baholashga imkon beradigan keyingi monitoring uchun asos yaratadi.

Baholash beshta asosiy yo‘nalishga qaratilgan: 

  1. asosiy infratuzilma va uy-joy sharoitlari; 

  2. aholini, shu jumladan ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash va daromad olish imkoniyatlari; 

  3. inklyuzivlikka e’tibor qaratgan holda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarining holati; 

  4. iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi va yashash muhitiga ta’siri; shuningdek, 

  5. kambag‘allik, ishsizlik va migratsiyada namoyon bo‘ladigan ijtimoiy zaiflik darajasi.

Hisobotning har bir bo‘limida asoslangan xulosalar va qisqa tavsiyalar keltirilgan. Barcha o‘rganilgan hamjamiyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek, so‘rovlar va intervyular, fokus-guruh muhokamalari natijalari bo‘yicha olingan natijalarning chuqur tahlili ilovalarda keltirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy va ekologik jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals