O'zbekistonning “Milliy halollik tizimini baholash” (NISA)

O'zbekistonning “Milliy halollik tizimini baholash” (NISA)

15-April, 2026

Milliy halollik tizimini baholash (NISA)- bu mamlakat institutlarining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda qanchalik samarali ishlayotganini baholovchi har tomonlama tadqiqotdir. “Transparency International” tashkilotining jahon miqyosida tan olingan metodologiyasi asosida 2025-yilning yanvar va oktyabr oylari oraligʻida oʻtkazilgan ushbu baholash milliy yaxlitlik tizimining 15 ta asosiy ustunini, jumladan, davlat organlari, nazorat tuzilmalari, xususiy sektor, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini tahlil qildi.

Baholash natijalari O‘zbekistonda shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi kabi institutlarda mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va yutuqlarni ta’kidlaydi. Shu bilan birga, baholashda institutlarning mustaqilligi, hisobdorligi va nazorat imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bogʻliq muammolar ham aniqlangan.

Hisobotda boshqaruvni mustahkamlash, ochiqlikni oshirish va muassasalararo muvofiqlashuvni yaxshilashga qaratilgan aniq tavsiyalar berilgan. Mazkur tavsiyalarning hayotga tatbiq etilishi Oʻzbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyasini qoʻllab-quvvatlashga, aholining ishonchini mustahkamlashga hamda xalqaro indekslarda, jumladan, Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakat koʻrsatkichlarining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus “Transparency International Latvia” tashkiloti tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ekotizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Loyiha milliy yaxlitlik tizimidagi 15 ta ustundan 7 tasini, xususan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, saylov boshqaruvi organi, Ombudsman, siyosiy partiyalar hamda davlat korxonalarini baholashga hissa qoʻshdi.

Regions and Countries
Sustainable Development Goals