Oʻzbekistonda norasmiy bandlik
Oʻzbekistonda norasmiy bandlik
13-October, 2025
Oʻzbekistonda norasmiy bandlik mehnat bozorining eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu holat, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi, qurilish, savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan boʻlib, yoshlar, ayollar va qishloq aholisi uchun ijtimoiy himoya va munosib mehnat imkoniyatlarini cheklaydi.
BMT Taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda savdoga koʻmaklashish” (V bosqich) loyihasi doirasida va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) hamkorligida tayyorlangan ushbu tadqiqot norasmiy bandlikning sabablari, koʻlami va oqibatlarini tahlil qiladi.
Milliy soʻrovlar va ekspert maslahatlari asosida tayyorlangan hisobot, norasmiy bandlikdan rasmiy ishga oʻtish, moliyaviy inklyuziyani kengaytirish va inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilgan siyosat uchun dalillarga asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.