O‘zbekiston aholisining huquqiy muammolarini tahlil qilish hisobotining taqdimoti

O‘zbekiston aholisining huquqiy muammolarini tahlil qilish hisobotining taqdimoti

16-May, 2025

Odil sudlovga erishish – huquq ustuvorligining asosiy ustunidir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishdi; xususan, respublika miqyosida bepul yuridik yordam tizimini barpo etishga zamin yaratgan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Endi esa ushbu tizim ko‘rsatadigan yordam doirasini aniq belgilash muhim bosqichga aylandi. Samarali siyosat aholining real ehtiyojlarini to‘liq tushunishga tayanadi.

Ushbu dalillarni taqdim etish maqsadida, BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi butun respublika bo‘ylab huquqiy ehtiyojlar tahlilini o‘tkazdi. Tadqiqot eng dolzarb muammoli sohalarni aniqlab berdi: aholi murojaatlarida ijtimoiy ta’minot bo‘yicha da’volar (31,4 %), yer va uy-joy nizolari (27,9 %) hamda moliyaviy masalalar (25,9 %) ustunlik qiladi; respondentlarning deyarli yarmi (48,6 %) birinchi navbatda mahallasiga murojaat qiladi, undan keyin maxsus davlat organlariga (28,7 %), qarshi tomonga (23,4 %) yoki ancha kam hollarda sudlarga (10,3 %); respondentlarning 71 % o‘z huquqiy bilimini “o‘rtacha” deb baholagan va test savollarining 64 % ga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa-da, har uchinchi kishi muammosiga sabab qilib qonunlarni yetarlicha tushunmasligini ko‘rsatgan; advokat yollashga esa atigi 8,6 % imkon topa oladi, ularni yollash narxi 200 000 so‘mdan 2,5 million so‘mdan ortiq miqdorgacha boradi. Bu natijalar shakllanayotgan yuridik yordam tizimi ko‘p uchraydigan masalalarni ustuvor qamrab olishi, xizmatlarni mahalla darajasiga singdirishi, huquqiy savodxonlikni oshirishi va davlat mablag‘lari hamda nodavlat tashkilotlar hamkorligi orqali professional vakillikka subsidiyalar ajratishi zarurligini ko‘rsatadi. Aniqlangan ma’lumotlar siyosat ishlab chiquvchilariga O‘zbekistonning yuridik yordam tizimini takomillashtirish va odil sudlovga erishishni kengaytirishda yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqotning asosiy natijalari va xulosalarini taqdimotda ko‘rishingiz mumkin.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals
Topics