O‘quv qo‘llanma “Suv omborlari gidrologiyasi”

O‘quv qo‘llanma “Suv omborlari gidrologiyasi”

20-May, 2020

Ushbu o‘quv qo‘llanma “Suv omborlari gidrologiyasi” fani uchun tayyorlangan bo‘lib, “Gidrologiya (suv omborlarida)” va “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada daryo oqimini suv omborlari yordamida boshqarish to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, daryo oqimi hajmini rostlashning maqsad va vazifalari, suv omborlarining asosiy ko‘rsatkichlari va tasniflari, daryo va suv omborlari gidrologik rejimlari va ularni hisoblash, suv yo‘qotishlar va suv isroflarini aniqlash, suv omborining atrof-muhitga ta’siri, GAT texnologiyalarni qo‘llash, hamda O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda ishlab turgan suv omborlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

O`quv qo`llanma Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko’magida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan bajarilayotgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi tomonidan tayyorlandi

Yuklab olish