Nogironligi bo‘lgan yoshlar mehnat bozorida duch keladigan to‘siqlar

Nogironligi bo‘lgan yoshlar mehnat bozorida duch keladigan to‘siqlar

12-May, 2025

Yoshlarni iqtisodiy hayotga jalb etish va ijtimoiy siyosatga bo‘lgan e’tibor ortib borayotgan sharoitda, nogironligi bo‘lgan yoshlar (NBY) bandligini ta’minlash O‘zbekistonda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralariga qaramay, NBY orasida bandlik darajasi pastligicha qolmoqda. Ushbu tadqiqot Ijtimoiy himoya rivojlanish instituti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, NBY mehnat bozoriga kirishida uchraydigan asosiy to‘siqlarni aniqlashga va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Document Type
Regions and Countries