Yoshlar kambag‘allikni qisqartirish yo‘llarini topish uchun dizayn fikrlashdan foydalanmoqda

19-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) bilan birgalikda Xalqaro kambag‘allikka barham berish kunini “Munosib mehnat va ijtimoiy himoya: barcha uchun qadr-qimmatni amalda qo‘llash” mavzusida Ideaton tanlovini tashkil etish orqali nishonladi. Uning maqsadi butun O‘zbekistondagi yoshlarning xabardorligini oshirish hamda izlanish va munosib mehnat va ijtimoiy himoyaga yordam beradigan samarali yechimlarni ishlab chiqish, shu orqali kambag‘allikka barham berishga qaratilgan global saʼy-harakatlarga hissa qo‘shishga undashdan iborat edi.

1987 yildan beri Butunjahon qashshoqlikka barham berish kuni sifatida nishonlanib kelinadigan va 1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼtirof etilgan Xalqaro kambag‘allikka barham berish kuni 2023 yilda kambag‘allikka barham berish va amalda qadr-qimmatga erishishning harakatlantiruvchi omili bo‘lgan munosib mehnat va ijtimoiy himoya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan kun sifatida nishonlanmoqda.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Shu bois “Ideaton” tanlovida uchta muhim yo‘nalish: “Mehnat sohasi maqsadi va kelajagi: ijtimoiy tadbirkorlik odatiy korxonalar muqobili sifatida”, “Ijtimoiy himoya sohasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish: davlat xizmatlari sohasining kelajagi”, “G'amxo'rlik iqtisodiyotini kengaytirish: parvarish va uy ishlari bilan bog‘liq mehnatni tan olish, ko‘lamini qisqartirish va rag’batlantirishga qaratilgan innovatsiyalar”ga eʼtibor qaratilgan bo‘lib, bundan maqsad barqaror bandlik va inklyuziv iqtisodiy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amaliy strategiyalarni aniqlash, kam taʼminlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni hal qilish va bu orqali hech kim ortda qolib ketmasligini taʼminlash va yechimlarni ishlab chiqish haq to‘lanmaydigan va to‘lanadigan g'amxo'rlik va uy ishlari bilan bog‘liq mehnatni tan oladigan, qisqartiradigan, qayta taqsimlaydigan va haq to‘lanadigan bozorga asoslangan yechimlarni aniqlash, hujjatlashtirish va tarqatish orqali ishlash bilan G'amxo'rlik iqtisodiyotini transformatsiya qilishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqishdir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman shunday dedi: 

“Bizning harakatlarimiz hayotlarni o‘zgartirishi, hamjamiyatlarni transformatsiya qilishi va kelajakni shakllantirishi mumkinligini yodda tutaylik. Xalqaro kambag‘allikka barham berish kuni kambag‘allikning barcha ko‘rinishlariga barham berish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va bunga qaratilgan samarali choralar ko‘rish borasida jamoaviy masʼuliyatimizni yodga solib turadi. Bu kun biz global hamjamiyat sifatida har bir inson munosib va ​​farovon yashashi mumkin bo‘lgan dunyoni barpo etish bo‘yicha majburiyatimizni tasdiqlash uchun birlashamiz”.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ideaton tanlovi pitch-taqdimotlar bilan yakunlanib, unda sakkizta universitet talabalari o‘z loyihalarini tinglovchilar eʼtiboriga havola etdi, turli soha mutaxassislari ushbu loyihalarni baholab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Eng yaxshi uchta loyiha egalari noutbuklar bilan taqdirlanib, bu ularga o‘z g‘oyalarini yana-da rivojlantirishga yordam beradi degan umid bildirildi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali BMTTD va TXVU yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish va yechimlar xaritalarini yaratishga jalb qilish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘ymoqda. 

Mazkur tashabbus Lyuksemburg va Koreya Respublikasi hukumatlarining BMTTDning “Funding Windows” orqaliko‘rsatgan moliyaviy ko’magi tufayli amalga oshirildi.

Loyiha to‘g‘risida batafsil maʼlumotni quyidagi havola bo’yicha olish mumkin: Global va mintaqaviy beqarorlik muammolari davrida ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni bartaraf etish| Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (undp.org)