Ayol tadbirkorlar yashil qiymat zanjirlarida iqtisodiy o'sish uchun namuna sifatida

23-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMTTD “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon xalqaro ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysidagi 100 dan ortiq tadbirkor ayollar uchun keng qamrovli tadbirkorlik dasturini yakunladi.

Ishbilarmon ayollarning barqaror rivojlanish katalizatori sifatidagi rolini e’tirof etgan holda, qo‘shma dastur tadbirkor ayollar uchun ko‘nikma va bilim almashish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi. Oldingi murabbiylik guruhidagi 30 ga yaqin murabbiylar hamda muvaffaqiyatli va barqaror biznes yuritayotganlar nafaqat amaliy maslahatlar berishdi, balki ilhom va ishonchni ham berdilar, bu muqarrar ravishda kuchli motivatsiya va harakatga olib keladi. Dastur 50 dan ortiq yangi doimiy ish o‘rni yaratdi va eng muhimi, qishloqlarda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida ishlayotgan ayollarning iqtisodiy o‘sish imkoniyatlariga katalitik ta’sir ko‘rsatdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bu safar dasturda asosiy eʼtibor yashil qiymat zanjirlari, tanlab olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega va xorijiy mamlakatlarga eksport qilish uchun salohiyatga ega quritilgan meva va sabzavotlarni qayta ishlashga qaratildi. Ushbu qo‘shilgan qiymat zanjirlarida yangi ish o‘rinlari yaratish uchun ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lib, bunday sohalarning eksport salohiyati yildan-yilga ortib boradi.

Ijtimoiy-madaniy stereotiplar, to‘siqlar va me’yorlar, shuningdek, o‘z biznesi va oilasi oldidagi ikki tomonlama mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan tadbirkor ayollar zimmasiga yuklangan qo‘shimcha yuk yangi startaplar va biznes g‘oyalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmasligi zarurligi qayd etildi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Dastur barqarorligini taʼminlash maqsadida BMTTD zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan bilim almashish markazi boʻlib xizmat qiladigan “Tadbirkor ayollar uchun murabbiylik maktabi”ni ham ishga tushirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining qoʻshma loyihasi oʻquv imkoniyatlarini kengaytirish va oʻziga xos almashinuv muhitini yaratish uchun multimedia uskunalarini taqdim etdi.

Eslatib oʻtamiz, BMT Taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko’maklashish – IV bosqich” loyihasi Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va mamlakatda savdoni rag'batlantirish, bandlik va potentsial yashil sektorlarda tovar ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyatlarini oshirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror o'sish modellariga hissa qo'shish uchun mo'ljallangan.