Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi Oʻzbekistondagi Аfgʻoniston fuqarolarini kasbiy taʼlim olish borasida qoʻllab-quvvatlaydi

25-January, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Bugun Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Xonim va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska xonim yangi tashkil etilgan Yevropa Ittifoqi bilimlar markazini ochish uchun Termiz shahriga tashrif buyurdi. “Surxondaryo viloyatining Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish va tayyorlash borasidagi salohiyatini mustahkamlash” tashabbusi doirasida moliyalashtirilayotgan mazkur markaz Yevropa Ittifoqi, BMTTD hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi saʼy-harakatlar samarasidir. Mazkur hamkorlikning ahamiyati toʻgʻrisida gapirib, Sh.Adrian Xonim Oliyalari shunday dedi:

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Yevropa koʻnikmalarni rivojlantirish yilida Yevropa Ittifoqi hozirgi ogʻir sharoitga qaramay, Afgʻoniston xalqini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Mazkur yangi tashabbus keng qamrovli saʼy-harakatlarimiz doirasida ilgari surilgan boʻlib, Oʻzbekistonlik hamkorlarimizning murojaatiga asoslangan. Tashabbus Oʻzbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqining afgʻon fuqarolarini ularni qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra koʻchirilgani va oʻz vatanidan uzoqda boʻlishiga qaramay qoʻllab-quvvatlash gʻoyasiga sodiq ekanining tasdigʻi hisoblanadi. Umid qilamizki, bizning uzoq muddatli hamkorimiz boʻlgan BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan afgʻon fuqarolari turmush sharoitlarini yaxshilash va oila tebratish uchun yordam beradigan yangi bilim va koʻnikmalar orttirishini taʼminlaydi”.
- Sharlotta Adrian Xonim, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
“Bugun biz Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qoʻshma gʻoyasi hayotga tatbiq etilganiga guvoh boʻlib turganimizdan mamnunmiz. Biz ushbu Yevropa Ittifoqi bilim markazini Afg‘oniston fuqarolarining O‘zbekistondagi kelgusi yutuqlari uchun tramplin bo‘lib xizmat qiladi degan umidda foydalanishga topshirmoqdamiz. Biz O‘zbekistonda yashovchi afg‘on fuqarolarining manfaatlarini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha o‘z hissamizni qo’shayotganimizdan va uch tomonlama hamkorlikning bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz.”
- Matilda Dimovska xonim, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili

Yevropa Ittifoqi bilimlar markazi zamonaviy kovorking maydoni hisoblanadi. U 2017 yilda Oʻzbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazining (АFOʻTM) salohiyatini yanada kuchaytiradi. Yevropa Ittifoqi bilimlar markazi jamoada ishlash, mustaqil taʼlim olish va professional aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun platformani taqdim etadi. Oʻquv xonalarining koʻpligi afgʻon talabalariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda yordam berishdan manfaatdor boʻlgan xususiy sektor vakillari bilan guruhlardagi muhokamalar va fikr almashinuvlarini oʻtkazish imkonini beradi. Amalga oshiruvchi sherik – BMTTD Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy resurslar yordamida Markazni eng yangi АT-uskunalari, ofis jihozlari va eng soʻnggi dasturiy taʼminot bilan jihozlashga muvaffaq boʻldi.