O'zbekiston delegatsiyasi “Hedaya”ga 
tashrif buyurdi

20-November, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O'zbekiston delegatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Mintaqaviy tahdidlarni o'rganish markazi (NNT) va BMTTD vakillari tarkibida, zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro markazi “Hedaya”ga o`quv tashrifini amalga oshirdi.

Mazkur o`quv safari Markazning gender tamoyillarini hisobga oluvchi zo`ravon ekstremiz profilaktikasi, alternativ narrativlar ishlab chiqish, yoshlar radikallashuvi oldini olish, zo`ravon ekstremizmga qarshi kurashishda din masalalarini tadqiq etish kabi sohalaridagi ilmiy asoslangan va innovatsion dasturlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Ikki kun davom etgan tashrif sohadagi ilg`or horijiy tajribani o`rganish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o`ziga hos platforma bo`lib xizmat qildi.

Tashrif "Osiyoda zo`ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish" (STRIVE ASIA) - global loyihasi doirasida amalga oshirildi. Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi va BMTning hamkorligida amalga oshirilayotgan bo`lib, uning asosiy maqsadi manfaatli tomonlarni, shu jumladan hukumatni, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorni Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda zo`ravon ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashishda  qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTD ushbu loyiha doirasida O'zbekiston hukumatini "2021-2026 yillarga mo`ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha milliy strategiyasi" ni amalga oshirishda ko`mak berishga maqsad qiladi va bunda asosiy urg`u mahallalarda ushbu yo`nalishda olib borilayotgan qaror qabul qilishning ijtimoiy inklyuziv jarayonini takomillashtirish, ekstremizm profilaktikasi va ijtimoiy reintegratsiya masalalari bo`yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning mazmunli ishtiroki, aholining xabardorligi va hushyorligini oshirish va odamlarning tushuncha va bilimlarini kengaytirish kabi faoliyatlarni qo`llab-quvatlashga beriladi.