BMTTD global loyiha – “STRIVE Asia”, doirasida mahalla faollari uchun maxsus o'quv mashg'ulotlarini tashkil etadi

23-August, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

23 avgust, Toshkent shahri – BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shaxridagi mahallalar yetakchilari uchun zo'ravon ekstremizmni oldini olish radikallashuvning erta belgilariga choralar ko'rish yuzasidan maxsus o'quv mashg'ulotlariga start berdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Mazkur o`quv mashg’ulotlari davomida 100 dan ortiq tanlangan mahalla vakillari, (shu jumladan mahalla raislari, yoshlar vakillari, ayollar yetakchilari va boshqalar) terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasida O'zbekistonning qonunchiligi, zo'ravon ekstremizni oldini olish va kurashishda inson huquqlarini himoya qilish masalalari, ruhiy salomatlik va psixosotsial yordam ko'rsatish, din niqobi ostida zo'ravon ekstremizm tahdidlari, masalaning gender jihatlari kabi dolzarb mavzularda o'z salohiyatlarini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tadbir "Osiyoda zo'ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish (STRIVE Asia)" global loyihasi - Yevropa Ittifoqi va BMTning qo'shma hamkorligi, doirasida tashkil etilmoqda. Lohiya Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda tegishli tomonlar ishtirokida, jumladan hukumat, fuqarolik jamiyati va hususiy sektor vakillari bilan birgalikda zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sa`y-harakatlariga hissa qo`shishni nazarda tutadi. Uning asosiy maqsadi hukumat va nodavlat tashkilotlariga ushbu sohada tayyorgarliklarini kuchaytirishda ko'mak berishdir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTD ushbu loyiha doirasida O'zbekiston hukumatiga „2021-2026 yillarga mo'ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi”ni amalga oshirishda ko'mak berishni maqsad qiladi va bunda asosiy urg'u mahallalarda ijtimoiy inklyuziv qarorlar qabul qilishni takomillashtirish, ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning bu yo'ldagi samarali ishtiroki, aholining xabardorligi va hushyorligini oshirish va ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha bilim darajasini kuchaytirish, hamda jamoa orasida ekstremizmga olib kelishi mumkin bo'lgan norozilik holatlarini erta bosqichda aniqlash kabi masalalarga beriladi.