BMT taraqqiyot Dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va xalqaro hamkorlar birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yili 9 dekabrda nishonlanadigan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” oldidan qator ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” deb nomlangan ushbu tadbirlar doirasida barchamiz birgalikda “Korrupsiyani birgalikda yengamiz!” shiori ostida tanlov o‘tkazmoqdamiz. Tanlovda quyidagi nominatsiyalar ishtirok etadi:
1. Eng yaxshi ijtimoiy rolik;
2. Eng yaxshi maqola (blog, post) muallifi;
3. Dasturiy mahsulot (veb-sayt, mobil ilova) yaratish bo’yicha eng yaxshi konsepsiya, g‘oya;
4. Eng yaxshi Ijtimoiy rolik ssenariysi;
5. Korruptsiya xavf-hatarlarga oid eng yaxshi tahliliy materiallar va innovatsion g'oyalar.
Tanlovga materiallar 30 noyabrga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Barchani faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy materiallarni ilovadagi o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida ariza shaklini to‘ldirish orqali jo‘natishi mumkin.
