BMTTD o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Xelsinkidagi ko‘rgazmasida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi.

11-April, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi bilan birgalikda 2023 yil 30 mart – 2 aprel kunlari Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgan “Losal and organis food fair»” (Mahalliy va organik oziq-ovqat yarmarkasi)da 6 nafar o‘zbekistonlik tadbirkorning ishtirok etishiga ko‘mak berdi.

Yarmarkada ishtirok etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Finlyandiya va boshqa Yevropa davlatlariga yangi terilgan va qayta ishlangan sabzavot va mevalarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashning innovatsion usullarini o‘rganishdan iborat.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik tadbirkorlar 25 dan ortiq kompaniya, jumladan, The Finlyandiya Chili Assotsiaton, Esbau, Bioproffa, Kekkila Garden, Sven SIig AG, Finlyandiya qishloq xo‘jaligi assotsiatsiyasi va boshqalar bilan O‘zbekistondan yangi terilgan va qayta ishlangan meva va sabzavotlarni yetkazish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Muzokoralar natijasida mamlakatda yetishtirilgan qiymati 5 million yevroga yaqin bo‘lgan mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, ishtirokchilar organik meva-sabzavot yetishtirishning innovatsion usullarini o‘rgandilar, Finlyandiya va Yevropaning  boshqa mamlakatlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish talablari, litsenziyalash tartiblari, shuningdek, eksport logistikasi bilan tanishdilar.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Dildora Avlyaxanova («Mosokko-Elit» MCHJ) ko‘rgazmadagi ishtiroki haqida shunday deydi: 

“Xelsinkidagi ko‘rgazma menga yangi xalqaro oziq-ovqat yetkazib beruvchilarni topish va assortimentni kengaytirish imkonini berdi. Men barcha mahsulotlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, yangi mahsulotlar bilan tanishdim, qadoqlash qulayligini ko‘rib chiqdim, logistika ishlari bilan tanishdim, turli yetkazib beruvchilarning takliflarini taqqosladim. Ko‘rgazmaga tashrif buyurish menga yangi foydali insonlar va hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish, shartnomalar imzolash va hamkorlikning istiqbolli shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkonini berdi. Bu xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmaga qilgan birinchi tashrifim emas, avvalgi yillarda ham turli mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda ishtirok etganman.Ushbu ko‘rgazmadagi ishtirokim ijobiy jihatlarga boy bo‘ldi: tadbir ishbilarmonlik ruhida bo‘lib o‘tdi, salohiyatli mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, yangi mijozlar jalb qilindi, mavjud sherilklar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.”

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ko‘rgazmada qatnashgan yana bir tadbirkor Komiljon O‘rinboyev (“Valley Fruktland” MCHJ) o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday deydi: 

“Bugungi kunda O‘zbekiston mahsulotlarini xorijga, xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish geografiyasini kengaytirish juda muhim yo‘nalish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Finlyandiyadagi ko‘rgazmada ishtirok etish juda foydali va samarali bo‘ldi, men yangi salohiyatli biznes hamkorlar bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldim, o‘z mahsulotlarimni yangi bozorda namoyish qildim, Yevropa Ittifoqi bozorining afzalliklarini chuqurroq angladim, shuningdek, kelgusida Finlyandiyaga  mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnomalarni tuzdim. Shuni qo‘shimcha qilishim joizki, Finlyandiya importchilari bilan muloqot qilish va ushbu bozorning isteʼmol afzalliklarini o‘rganish menda katta qiziqish uygo‘tdi. Bunday tajriba uchun ko‘rgazma tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ko‘rgazmada ishtirok etish BMTTDning Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlandi, loyihaning asosiy vazifasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiymat yaratishning “yashil” zanjirlarini rivojlantirish va iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish orqali inklyuziv va barqaror o‘sishni rag‘batlantirishda yordam berishdir. Bundan tashqari, loyiha iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va SOVID-19 keltirib chiqargan yangi tendensiyalarga moslashish orqali yana-da mustahkam, xavfsiz va gender masalasini hisobga oluvchi iqtisodiy tuzilmalarni yaratishga hissa qo‘shishni ko‘zlaydi.