BMTTD elektron tijoratni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi
4-April, 2023

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi bilan hamkorlikda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar hokimliklari ko‘magida 2023-yilning 6-29-mart kunlari eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ilgari surishda elektron savdo maydonchalaridan foydalanish hamda statistik tahlil qilishning zamonaviy usullari va xorijiy mamlakatlar tashqi savdosi tuzilmasi imkoniyatlari to‘g‘risida bir qator hududiy treninglar o‘tkazdi.
Maqsad – xizmatlar samaradorligini yanada oshirish uchun viloyat hokimliklari vakillarining tashqi savdo maydonchalarida mahsulotlarni ilgari surishning zamonaviy usullari hamda xorijiy mamlakatlar tashqi savdosi tarkibi va hajmini onlayn tahlil qilish imkoniyatlari bo‘yicha tadbirkorlar va eksportyorlarga eksportni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish kabi bilim va ko`nikmalarini oshirishdan iborat.
Treninglarda O‘zbekiston Respublikasining 12 ta viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi eksport va eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan bog’liq 400 dan ortiq (shundan 300 nafari erkak va 100 nafardan ortiq ayol) hududiy hokimliklarning vakillari ishtirok etdi.
Treninglar davomida ishtirokchilarga elektron tijoratning asosiy afzalliklari, zamonaviy elektron bozorlarning asosiy turlari, eksport faoliyatida foydalanish usullari, “www.trademap.org” sayti asosida bozorni tahlil qilishning zamonaviy usullaridan foydalanish platformasi, shuningdek, eksport faoliyatida tegishli logistika vositalaridan foydalanish bo`yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston mahsulotlarini bozorlar orqali eksport qilish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, jumladan, sohaviy boʻlinish va kompaniyalarning real misollari namoyish etildi.
Buxoro viloyatidagi trening yakunida ishtirokchilardan biri Nozima Kushaeva (“ArkEkoTekstil” MChJ, Buxoro) treningdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Men juda ko‘p qiziqarli va foydali ma’lumotlar oldim, yangi vositalarni o‘rgandim, endi men barchasini o’z ongimda yaxlit ko’rinishda shakllantirdim va tizimlashtirdim. Men e'tibor bermagan ko'plab yangiliklarni o'rgandim - endi men e'tibor beraman va amalda foydalanaman. Ma'lumotlar juda ochiq va qulay tarzda taqdim etildi. Mashg'ulotlardagi muhit yoqimli va do'stona edi! Yana bir bor ushbu imkoniyat uchun rahmat."

Farg‘ona viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdumanob Mirzayev ta’kidladi:–