BMT Taraqqiyot dasturi energiya tejashga qaratilgan innovatsiyalarni rag’batlantiradi

22-November, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat xo’jaligi vazirligi, BMTTD/GEF bilan hamkorlikda Xalqaro energiya tejash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi, unda O‘zbekistonning barqaror uy-joy qurilishi sohasidagi yutuqlarini xalqaro iqlim o'zgarishiga qarshi kurash sa’y harakatlar bilan uyg‘unlashtirilgan natijalari taqdim etildi.

Global miqyosda, qurilish sektori atrof-muhitga salbiy ta'sir qiluvchi issiqxona gazlari chiqindilarining taxminan 40 foizini tashkil etuvchi soha hisoblanadi. Oʻzbekistonda bu ko’rsatkichlar, Birlashgan Millatlar tashkilotining iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy Konventsiyasi hisobatiga ko’ra, sanoat va qurilish 22,3 foizni, turar-joy soahsi esa emissiyasining 21 foizini tashkil qiladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

O‘zbekiston aholisining o‘sishi davom etar ekan, energiyaga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Mamlakat yoqilg‘i resurslari cheklanganligini hisoblga olsak, energiyaga ortib borayotgan talabni energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan manbalar orqali qondirish mumkin. Bu nafaqat O’zbekistonning energetik va ekologik vaziyatini yaxshilashga, shu orada bu Oʻzbekistoning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij kelishuvi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga ham faol hissa qo’shadi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob Anas Fayyad Qarman shunday dedi:

“Ushbu tadbir nafaqat Xalqaro energiya tejash kunini nishonlash, balki qishloq joylarda barqaror uy-joy qurish yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarimizdagi muhim bosqich bo‘ldi. BMT Taraqqiyot dasturi global miqyosda barqaror uy-joy va energiya samaradorligi bo‘yicha strategik maqsadlarni ilgari surishga sodiq qoladi.”

Tadbir Toshkent viloyatida barpo etilgan “Energiya sarfi deyarli nolga teng bo‘lgan uy” (NZEB)ni Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga topshirish marosimi bilan boshlandi. Kelgusida, uyning kundalik faoliyatini sinovdan o'tkaziladi va nazorat qilish maqsadida NZEB tanlov g'olibi, oilaga beriladi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Marosimdan so’ng qishloq aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan energiya samaradorligi va past uglerodli texnologiyalardan xabardorligini baholashga qaratilgan keng qamrovli so‘rovning birlamchi natijalarini ko‘rsatuvchi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirning kulminatsion nuqtasi “Solar City Simulator” vositasining ishga tushirilishi va energetika mutaxassislari va manfaatdor shaxslar uchun ushbu simulyatordan foydalanish bo‘yicha seminar bo‘ldi.

Qayta tiklanadigan energiya bo'yicha xalqaro agentlik (IRENA) tomonidan ishlab chiqilgan ushbu veb-ilova aholi, investorlar va mahalliy hokimiyat organlari uchun qimmatli ma’lumotlar manbasi sifatida xizmat qiladi. Bu ularga tomga o'rnatilgan quyosh fotovoltaik (PV) tizimlari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish salohiyatini baholash imkonini beradi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ute Kollier xonim, IRENA bilim, siyosat va moliya markazi direktori vazifasini bajaruvchisi,

“Solar City Simulator – bu mahalliy hokimyat va energetika mutaxassislarni quyosh energiyasidan foydalanish va mazkur energiya resursini joriy qilish uchun kerakli ma’lumotlar bilan ta'minlaydigan vositadir. Bu esa barqaror qarorlarini qabul qilishga imkon beradi"

Toshkent shahrining Mirobod tumaniga sinov sifatida tadbiq etilgan “Solar City Simulator” vositasi BMTTD va IRENA tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib u Energetika vazirligi bilan hamkorlikda GEF mablag‘i hisobidan amalga oshirilgan.