Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilishga qaratilgan tanlov natijalari e’lon qilindi

12-September, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot Dasturi loyihalari bilan birgalikda “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” qo‘shma tanlovi g’oliblarini aniqlashdi.

Grant olish uchun 18ta milliy nodavlat notijorat tashkilotlari ariza topshirdi va baholash qoʻmitasi tomonidan eng yaxshi loyiha takliflari bilan quyidagi NNTlar tanlab olindi:

1. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi NNT (Toshkent sh.)

Loyiha: Maktabgacha ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi ta'limi.

2. “Chexra” ayollar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi NNT (Farg‘ona viloyati)

Loyiha: Farg‘ona viloyatida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim va tarbiya.

3. NNT “Muloqot” jamoat birlashmasi (Toshkent sh.)

Loyiha: “Korrupsiyaga qarshi alifbo” illyustratsiyalangan elektron qo'llanmasini ishlab chiqish (o'zbek tilida).

4. “ISTIQBOLLI AVLOD” Respublika ijtimoiy axborot markazi Sirdaryo viloyati filiali (Sirdaryo viloyati).

Loyiha: Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va fuqarolarni xabardorligini oshirishda faol ayollar (NNT yetakchilari) va yoshlarning (NNT ko‘ngillilari va faol talabalar) roli va ishtirokini oshirish orqali Sirdaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini faollashtirish.

5. “Ziyonur” Farg‘ona viloyati ayollar va o‘smirlarni ijtimoiy, huquqiy va ekologik qo‘llab-quvvatlash markazi NNT.

Loyiha: Korrupsiya - taraqqiyot zavoli.

6. “Inson huquqlari madaniyati markazi” NNT (Toshkent, Buxoro, Navoiy viloyatlari).

Loyiha: Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati va matbuotning o‘rni.

7. “Toshkent ayollar tadbirkorlik markazi” NNT.

Loyiha: Ayollarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini mustahkamlash.

8. Respublika yosh olimlar kengashi (Toshkent sh.)

Loyiha: Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish hissini mustahkamlash ilmiy-nazariy metodologiyasini ishlab chiqish va targ‘ib qilish.

9. “Tarakkiyet” NNT (Buxoro).

Loyiha: Korrupsiyaga qarshi hamjihatlik! (Korrupsiyaga qarshi kovorking markazini yaratish).

G‘oliblar BMTTDning “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” va “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rolini oshirish uchun fuqarolik jamiyatni, ayollar va yoshlar ovozini mustahkamlash” loyihalari orqali moliyalashtiriladi.

Bu orqali korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy obro‘sini yuksaltirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga jalb qilish uchun imkoniyatlarni yaratib beradi.