Gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

17-November, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda “16 kunlik faollik” aksiyasi: “Umidani chaqiring” tashabbusi hamkorlari gender zo‘ravonligining oldini olish ishlariga sarmoya kiritish zarurligi borasida birlashmoqda

2023yil 25-noyabr – Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol haraktlar” global kampaniyasi doirasida 2023 yilda “Birlashing! Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish ishlariga sarmoya kiriting” mavzusiga bag‘ishlangan axborot kampaniyasi boshlanishini e’lon qiladi.

Gender asosidagi zo'ravonlik butun dunyoda keng tarqalgan muammo bo'lib qolmoqda va millionlab odamlar hayotiga ta'sir ko'rsatmoqda. “16 kunlik faollik” kampaniyasi ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hollariga barham berishga qaratilgan kuchli global harakat bo‘lib,  tashabbus 25 noyabrdan 10 dekabrgacha davom etadi. BMTning O'zbekistondagi taraqqiyot dasturi xususiy sektor vakillari - "Umidani chaqiring" ko’ngillilar alyansining a'zolari bilan hamkorlik qilayotganidan mamnundir.  Alyans zo'ravonlik va zulmdan xoli jamoalarda ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishga intiladi.

“Gender asosidagi zo‘ravonliklarning oldini olish ishlariga sarmoya kiritish” mavzusi profilaktika choralari va uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish uchun moliyaviy majburiyat zarurligini rg’ulaydi. Gender asosidagi zo'ravonlik nafaqat jabrlanganlarga behisob zarar yetkazadi, balki mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga ham to'sqinlik qiladi. Strategik investitsiyalar orqali biz muammoning asosiy sabablarni bartaraf etishimiz, xabardorlikni oshirishimiz va o’zaro hurmat va tenglik madaniyatini rivojlantirishimiz mumkin. Kompleks yondashuv barcha darajadagi investitsiyalarni, jumladan davlat tomonidan moliyalashtirishni, xususiy sektor tashabbuslarini, shu jumladan ekologiya, ijtimoiy siyosat, korporativ boshqaruv doirasidagi  majburiyatlarini, xabardorlikni oshirishga qaratilgan individual investitsiyalarni, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishni talab qiladi:

Kampaniya maqsadlari:

  • Omma oladida o'z pozisiyasini egallab, o‘z jamoalarida xabarodlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish orqali barchani ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olishda faol ittifoqchi bo‘lishga undash.

  • Hukumatni ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratish, shu jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida o‘zining milliy harakatlar va profilaktika rejalari orqali ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kiritishga chaqirish.

  • Milliy ustuvorliklarga muvofiq ayollarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va tegishli siyosatni ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlash uchun rasmiy rivojlanish yordamini oshirishni himoya qilishga chaqirish.

  • Hukumat, xususiy sektor, jamg'armalar va boshqa donorlarni ayollarga nisbatan zo'ravonlik holatlariga barham berish borasida faoliyat yurituvchi ayollar huquqlarini himoya qilsh bo'yicha muxtor tashkilotlarga uzoq muddatli va barqaror sarmoyalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish va ko'paytirishga chaqirish.

  • Ish joyilarida xotin-qizlarning iqtisodiy himoyasini ta'minlaydigan siyosat va choralarga xususiy va davlat sektori tomonidan investitsiyalar ajratilishini targ’ib qilish.

  • Rivojlanish boʻyicha hamkorlar, xayriya tashkilotlari, xususiy sektor, universitetlar va barcha boshqa manfaatdor tomonlarni xotin-qizlarga nisbatan gender asosidagi zoʻravonliklarning barcha shakllariga barham berish boʻyicha harakatlarni jadallashtirish, shu jumladan oldini olish boʻyicha jamoaviy majburiyatlarga sarmoya kiritish orqali aniq siyosat, dasturiy va moliyaviy choralar koʻrishga undash.

Umidani chaqiring: o'zgarishlar yo’lidagi hamkorlik

Xususiy sektorga qarashli Korzinka, Oxymed, Testo, Secret, Bellstore, Global Medical Center kabi hamkorlarimiz Umidani chaqiring” tashabbusida ishtirok etish orqali ijtimoiy mas'uliyatga sodiqligini namoyish qilib, BMTTD kampaniyasini qo'llab-quvvatladilar. Yagona brending orqali biz genderga asoslangan zo'ravonlikning oldini olish jamiyatning barcha sohalaridan birgalikdagi sa'y-harakatlar va investitsiyalarni talab qilishini ta'kidlaymiz.

Kampaniyaning asosiy hijatlari

BMTTD va “Umidani chaqiring” tashabbusi doirasidagi ushbu qoʻshma tadbir 16 kun davomida onlayn va oflayn rejimda xabardorlikni oshirish va mablagʻ yigʻish kampaniyalarini oʻtkazadi.

Ushbu tadbirlar jamiyatlar, korxonalar va алоҳида shaxslarni gender asosidagi zo'ravonlikning oldini olishda investitsiyalarning roli haqida muhokamalarga jalb etishga qaratilgan. Brendlar kampaniyaga sodiqligini namoyish etish uchun 16 kun davomida to'q sariq rangga bo'yaladi.

Bu yil OXYmed dorixonalar tarmog‘i BMTTD bilan hamkorlikda yillik aksiyaga qo‘shiladi va Sizni xayriya aksiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. 16 kun davomida dorixonalarimizda “Umida yordam javoni” faoliyat yuritadi, bu yerda oiladagi zo‘ravonlikdan aziyat chekkan va vaqtincha reabilitatsiya uchun boshpanalarda yashovchi ayollar uchun istalgan mahsulotni qoldirishingiz mumkin.

Korzinka O'zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog'i gender zo'ravonligining oldini olishga sarmoya kiritish zarurligi haqidagi xabarlarni tarqatish uchun millionga yaqin xaridorlarni qamrab oluvchi aloqa kanallarini ochmoqda.

Global Medical Center tibbiy ko’riklar: ginekolog, endokrinolog va ultratovush tekshiruvi bo’yicha maxsus 10%lik chegirma aktsiyalarni tashkil qiladi.

Mashhur qo‘shiqchi Konsta kampaniyaga qo‘shildi va kampaniya boshlangan kun 25 noyabrda bo‘lib o‘tgan konsertida zo‘ravonlikka qarshi o‘z pozitsiyasini bildirdi.

Inha universitetida BMTTDning qizlar va ayollarning STEM ta’limi va STEM bandligida ishtirokini rag‘batlantiruvchi omillar to‘g‘risidagi hisoboti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar agentligi va WikiAyollar hamjamiyati bilan hamkorlikda biz ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning asl sabablarini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan mavzular bo‘yicha Wikimarafon o‘tkazmoqdamiz. Wikimarafon 16 kunlik kampaniya davomida boshlanib 2024-yil 8-martgacha yakunlanadi. Umid qilamizki, gender asosidagi zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha bunday axborot sarmoyasiga qo'shilish istagida bo'lganlar ko'p bo'ladi.

Toshkent shahar hokimligining Oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi bilan hamkorlikda BMTTD ayollar va qizlar uchun ko‘chalarni xavfsiz qilish uchun muhim infratuzilmaga sarmoya kiritishga chaqiruvchi devoriy rasm yaratmoqda.

Ishtirok etiing

Kampaniyaning muvaffaqiyati jamoaviy harakatlarga bog'liq. BMTTD va “Umidani caqiring” jismoniy shaxslar, tashkilotlar va korxonalarni harakatga qo‘shilishga taklif qiladi. Tadbirlarda ishtirok etish, resurslarni baham ko’rish va izchil kampaniya brendidan foydalanish orqali biz investitsiya genderga asoslangan zo'ravonlikning oldini olishning kaliti ekanligi haqidagi xabarni muchaytirishimiz mumkin.